Get Mystery Box with random crypto!

Sizda ham shunday holatlar bo'lganmi Erta tongda hissiz, ma | 👩🏻‍💻BulletJournalRa| 📙

Sizda ham shunday holatlar bo'lganmi


Erta tongda hissiz, maqsadsiz tarzda uyg'ondingiz! Aslida bu uyqudan uyg'onish bugun ko'pchilikka nasib etmadi!!! Ammo, siz buni hayolingizga ham keltirmay, befarqlarcha telefonni qo'lingizga olib ijtimoiy tarmoqlarni ko'zdan kechirishga tushdingiz!
Nazaringizda sizdan boshqa hamma muvaffaqiyat zinalaridan birma-bir ko'tarilayotgandek edi go'yo! Allaqancha vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazib bosh og'rig'i va o'zingizga bo'lgan kuchli ishonchsizlikka ega bo'ldingiz!
Oynaga qaradingiz! Oynada o'ziga qaramagan, aniq maqsadi yo'q, ko'zlari mayus, yuzlari so'lg'in qiz sizga qarab turardi!
Unga qarab ovoz chiqarmay dedingiz: "Men axir boshqacha maqsad qo'ygan edim-ku!!! Men muvaffaqiyatli ayol, jozibali rafiqa, mehribon ona bo'lmoqchi edim-ku!!! Qachon maqsadlarimdan adashdim!!!"

Ha, SIZ asl maqsadingizdan adashdingiz
Kimlargadir yaxshi inson ekanligingizni isbotlamoqchi bo'lganingizda
O'z orzu va qiziqishlaringizni chetga surganingizda
Boshqalarning hayotiga o'zingiznikidanda ko'proq qiziqib ketkaningizda
Hasad qilganingizda
O'zingizni eng oxiriga qo'yganingizda
Siz, allaqachon o'zligingizni unutgansiz!!!

Siz, men o'zimni, qiziqishlarimni ortga surib turaman shundagina meni ko'klarga ko'tarishadi, sevishadi, ardoqlashadi deb o'ylagan edingiz... Ammo... Siz o'zingizni oxirgi o'ringa qo'yganingiz uchun Hamma sizni oxirgi o'ringa qo'yish bilan javob qaytardi!!!

O'sish vaqti keldi!!!! O'rganish vaqti keldi!!!!!

Men ishonaman!!! Siz, albatta, muvaffaqiyatga erishasiz!!!!


Menga murojaat qilishingiz uchun @SevaRaBakhromova