Get Mystery Box with random crypto!

👩🏻‍💻BulletJournalRa| 📙

Telegram kanalining logotibi bulletjournalraa — 👩🏻‍💻BulletJournalRa| 📙 B
Telegram kanalining logotibi bulletjournalraa — 👩🏻‍💻BulletJournalRa| 📙
Kanal manzili: @bulletjournalraa
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-06-14 13:29:30 Yuqoridagi post ayni damda barchamiz uchun kerakli gaplar yozilibdi!!!

Hozirgi kunda negadir o'zimizning hayotimizdanda ko'ra boshqa kishilarning hayotiga ko'proq diqqatni qaratayabmiz!!! Kim nima qilayapti, qaysi ishi savobi qaysi amali gunoh ekanligigacha, u dunyoda Jannatiymi yoki Do'zaxiy ekanligigacha tahlil etamiz! Ammo o'zimizni gunoh-u savoblarimiz yodimizda yo'q 1 daqiqadan keyin bor yoki yo'qligimiz ham aniq emas lekin biz hali hanuz kimlarnidir g'iybat qilmoqdamiz! Ertaga har bir inson o'zi uchun o'zi javob berayotgan bir pallada umringi nimaga sarf etding degan savolga hozirgi holatimizga qaraganda javob topa olmasligimiz aniq!

Men ham siz kabi oddiy insonman! Bu gaplarni kimgadir nasihat o'rnida yozmadim, balki o'zimga ESLATMA sifatida yozdim! Siz uchun ham manfaatli bo'lsa bag'oyatda xursand bo'laman
29 viewsСевара Бахромова, 10:29
Ochish/sharhlash
2022-06-14 13:23:00
ayni haqiqat yozilibdi
26 viewsСевара Бахромова, 10:23
Ochish/sharhlash
2022-06-14 13:23:00 Peshonada bori...
Siz ham qachonlardir shu iborani eshitganmisiz? Balki atrofda onda-sonda eshitib turarsiz?
Xullas, institutga yo'l olib taksiga chiqdim. Taksist yoshlari 50 lardan oshgan kishi. Yo'ldan bir yo'lovchi bobo chiqdilar. Ikkalalari har xil mavzularda gaplashib ketishdi. Suhbat davomida bobo 37, 36 yoshlardagi ikki jiyanlarining ketma-ket vafoti haqida gapirdilar. Aytishlaricha jiyanlari o'zlarini ichkilikdan tiyolmagan,oilasi buzilgan va ayanchli o'limini so'zladilar... shunda taksist amaki kim nima qilishga o'rinsa ham peshonada yozgani bo'ladi deb ko'p takrorladilar. Voqeani batafsil yoritib berolmadim. Amaki 1 ta joyda haq edilar, o'lim haq u haqiqatda peshonaga yozilgan (kimni, qachon) o'lishi. Ammo bu hayotda qanday yashab o'tishi ham yozilganmi?
"Alfido" asarida yozilishicha, bu dunyo imtihon, imtohonda, albatta, savollar va ularning 4 tadan javobi bo'ladi , qay birini tanlash o'zingga bog'liq. O'zing noto'g'ri tanlagan javobing uchun savol tuzgan ustozingni ayblolmaysan!!!
Hayot ham xuddi shunday! Inson butun vujudi soppa-sog' bo'la turib, ishlashga qobiliyati bo'la turib uyida o'tirib birovni g'iybat qilishini peshonasida borda shundan qochib qutulolmayapti deya olmayman!!!!! U shu yo'lni o'zi tanlagan!!! Peshonani tinch qo'yaylik, azizlar!

@BulletJournalRa
28 viewsСевара Бахромова, 10:23
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:19:34 #motivetime "Omadsizlik har safar bugun... o'ylay olmaganimiz, bugun...kechikkanimiz, bugun...bajarmay ertalikka qoldirganimiz, bugun harakat qila olmaganimiz, bugun...yuqori ko'tarila olmaganimiz, bugun...olg'a yura olmaganimiz oqibatida ro'y beradi!!!"…
30 viewsСевара Бахромова, 14:19
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:19:34 #motivetime

"Omadsizlik har safar bugun... o'ylay olmaganimiz, bugun...kechikkanimiz, bugun...bajarmay ertalikka qoldirganimiz, bugun harakat qila olmaganimiz, bugun...yuqori ko'tarila olmaganimiz, bugun...olg'a yura olmaganimiz oqibatida ro'y beradi!!!"

Jim Ronning "Baxt va boylikka erishishning yetti yo'li" asaridan
32 viewsСевара Бахромова, 14:19
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:17:21 Nega ushbu kurs tashkil etilgan


Men ham siz kabi oddiy insonman! Nimanidir kashf qilmadim, yaratmadim, ammo onlayn masofaviy ta'lim olib uni sizlarga o'rgatishni o'rgandim Alloh inoyati bilan!!!

Chet el dasturlaridan tovar buyurtma berishni, Internet do'kon ochib 0 dan yurg'izishni, SMM ni mustaqil internet orqali pul sarflamay o'rganishingiz mumkin!!! Men buni rad etmayman!!! Ammo, qancha vaqt ketishini menga aytib bera olasizmi? To'g'ri yoki noto'g'ri qilayotganingizni qayerdan bilasiz??? Muvaffaqiyatga zinapoya orqali chiqilsa, ustoz o'sha zinadan chiqishni o'rgatuvchi shaxs hisoblanadi!!!
Ustoz bilan shu mashaqqatli yo'lni bosib o'tsangiz, vaqtingiz tejaladi, kamroq qoqilasiz!!!!

Onlayn kurs haqida murojaat uchun @SevaRaBakhromova
29 viewsСевара Бахромова, 14:17
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:17:21 Sizda ham shunday holatlar bo'lganmi


Erta tongda hissiz, maqsadsiz tarzda uyg'ondingiz! Aslida bu uyqudan uyg'onish bugun ko'pchilikka nasib etmadi!!! Ammo, siz buni hayolingizga ham keltirmay, befarqlarcha telefonni qo'lingizga olib ijtimoiy tarmoqlarni ko'zdan kechirishga tushdingiz!
Nazaringizda sizdan boshqa hamma muvaffaqiyat zinalaridan birma-bir ko'tarilayotgandek edi go'yo! Allaqancha vaqtingizni ijtimoiy tarmoqlarda o'tkazib bosh og'rig'i va o'zingizga bo'lgan kuchli ishonchsizlikka ega bo'ldingiz!
Oynaga qaradingiz! Oynada o'ziga qaramagan, aniq maqsadi yo'q, ko'zlari mayus, yuzlari so'lg'in qiz sizga qarab turardi!
Unga qarab ovoz chiqarmay dedingiz: "Men axir boshqacha maqsad qo'ygan edim-ku!!! Men muvaffaqiyatli ayol, jozibali rafiqa, mehribon ona bo'lmoqchi edim-ku!!! Qachon maqsadlarimdan adashdim!!!"

Ha, SIZ asl maqsadingizdan adashdingiz
Kimlargadir yaxshi inson ekanligingizni isbotlamoqchi bo'lganingizda
O'z orzu va qiziqishlaringizni chetga surganingizda
Boshqalarning hayotiga o'zingiznikidanda ko'proq qiziqib ketkaningizda
Hasad qilganingizda
O'zingizni eng oxiriga qo'yganingizda
Siz, allaqachon o'zligingizni unutgansiz!!!

Siz, men o'zimni, qiziqishlarimni ortga surib turaman shundagina meni ko'klarga ko'tarishadi, sevishadi, ardoqlashadi deb o'ylagan edingiz... Ammo... Siz o'zingizni oxirgi o'ringa qo'yganingiz uchun Hamma sizni oxirgi o'ringa qo'yish bilan javob qaytardi!!!

O'sish vaqti keldi!!!! O'rganish vaqti keldi!!!!!

Men ishonaman!!! Siz, albatta, muvaffaqiyatga erishasiz!!!!


Menga murojaat qilishingiz uchun @SevaRaBakhromova
27 viewsСевара Бахромова, 14:17
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:10:04 #motivetime

"Har kimda tanlash huquqi bor ekan, odam faqat va faqat o'zidan o'pkalashi kerak!!!"

Jon Kexoning "G'ayriixtiyoriy ong mo'jizalari" asaridan
27 viewsСевара Бахромова, 14:10
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:10:04 #motivetime

"Alloh bizga bergan imkoniyatlardan foydalanib ko'zlagan maqsadga yetish-bu g'aroyib ish"!!!

Jon Kexoning "G'ayriixtiyoriy ong mo'jizalari" asaridan
27 viewsСевара Бахромова, 14:10
Ochish/sharhlash
2022-06-07 17:10:04 Eslatma!!!

Bu kanalda qolish majburiy emas!!! ya'ni istalgan vaqtingiz chiqib ketishingiz mumkin!!!

Hamma aldoqchi, aldayapsiz deyishdan oldin kanal faoliyatini to'liq o'rganib keyin fikr bildiring

Har bir onlayn kurs muallifi aldoqchi bo'lavermaydi!!!!!!! Shuni yodda tuting!

Siz menga ishonishga va men sizga nimanidir ishontirib isbotlashga majbur emasman!!!

Agar niyatingiz chin ma'noda bilim olib daromadga ega bo'lish bo'lsa, albatta, yordam beraman!!! Agar shunchaki, ig'vo bo'lsa, meni ham o'zingizni ham ovora qilmang

Kurs haqida batafsil ma'lumot uchun menga murojaat qiling
@SevaRaBakhromova
28 viewsСевара Бахромова, 14:10
Ochish/sharhlash