Get Mystery Box with random crypto!

• Buholicha •

Telegram kanalining logotibi buholicha — • Buholicha •
Telegram kanalining logotibi buholicha — • Buholicha •
Kanal manzili: @buholicha
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52
Kanalning ta’rifi


📖 Qurʼon oyatlari
📚 Hadislar
📒 Hikmatli soʻzlar
🎧 Nashidalar va Qurʼon Qorilari
📝 Ulugʻ kishilardan iqtibos
▪️ Aqidamiz: Ahli sunna val-jamoʼa.
Mazhabimiz: Hanafi

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-10-05 17:52:57
#tarjima
Istig'formi yoki tasbih?
Ibn Taymiya rohimahullohdan so'raldi:
-Qaysi biri foydaliroq, istig'for aytishmi yoki tasbih aytish?
Javob berdilar:
- Agar libos toza bo'lsa, buxur* va atirgul suvi, agar kir bo'lsa, sovun va suv manfaatliroq.
Tasbih - gunohdan poklarning buxuri, istig'for - osiylarning sovunidir.
----
*istig'for - Allohdan kechirishini so'rash, "astag'firulloh" deyish;
*tasbih - Alloh taoloni poklab yod etish, "subhanalloh" deyish;
*buxur - tutatilganda xushbo'y hid taratuvchi o'simlik.

Robiya Najmiddinova

@Buholicha
13 viewsedited  14:52
Ochish/sharhlash
2022-10-05 17:43:40 Oldimizdagi bir oy vaqt hayotimizda juda katta o'zgarishlar boʻlishiga sabab boʻladi in Shaa Alloh! Bizdan rozi boʻlilar
16 views14:43
Ochish/sharhlash
2022-10-05 14:21:36
"Oʻsha paytlari rahmatli onam kutubxonada ishlar edilar. Bir kuni kelib aytadilar: "Bolam, Muhammad Sodiq oshnang har kuni bitta kitob olib oʻqib keladi. Seni majburlasa ham oʻn besh kunda bir kitob oʻqimaysan. U biz oʻyin oʻynaganimizda ham, tanaffusda ham burchakda oʻtirib, qoʻlida kitob bilan mashgʻul boʻlardi".

Shayxning marhum sinfdoshi Durbek Yusufjonov

@nigohlarda
16 views11:21
Ochish/sharhlash
2022-10-05 10:27:02 Hozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni «o‘smirlar» deyiladi. «O‘smirlik» bu g‘arbga oid termin bo‘lib yoshlarning beboshligini haspo‘shlash maqsadida o‘ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga boqing, ular nelar qilishmagan:

1. Abdurrahmon Nosir 21 yosh.

Uning asri Andalus davlatining oltin davri edi. U boshidan ko‘p iztiroblarni o‘tkazdi. Bunga qaramay o‘z davrida eng qudratli davlat barpo qilib, ilmiy uyg‘onishga ham erishdi. Yevropa qo‘mondonlari unga havas ila boqishar edi.

2. Muhammad Fotih 22 yosh.

Vizantiya poytaxti Konstantinopolni fath qildi. O‘sha paytgacha ne-ne katta yoshlilar uni fath qilishga urinishmagan deysiz.

3. Usoma ibn Zayd 18 yosh.

Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo kabi katta sahobalar bo‘la turib yer yuzining eng katta qo‘shinlaridan biriga qarshi musulmonlar qo‘shinini boshqargan.

4. Muhammad Qosim 17 yosh.

O‘z davrining malakali qo‘mondonlaridan bo‘lgan. Sindni fath qilgan.

5. Sa’d ibn Abu Vaqqos 17 yosh.

Alloh yo‘lida birinchi bo‘lib kamon otgan inson. Olti sho‘ro sohiblaridan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga ishora qilib: «Bu mening tog‘am. Sizlar ham menga tog‘angizni ko‘rsating», degan edilar.

6. Arqam ibn Abil Arqam 16 yosh.

Ketma-ket o‘n uch yil uyini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarorgoh qilib bergan.

7. Talha ibn Ubaydulloh 16 yosh.

Arablarning eng oliyjanob kishilaridan. Uhud g‘azotida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o‘lim uchun bay’at qilgan. U zotga kelayotgan nayzani qo‘li bilan qaytarib qo‘li ishlamay qolganida gavdasi bilan u zotga qalqon bo‘lgan.

8. Zubayr ibn Avom 15 yosh.

Islomda birinchi qilich yalang‘ochlaganlardan. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning havoriylari edi.

9. Amr ibn Kulsum 15 yosh.

Tug‘lab qabilasini boshqargan. U qabila haqida: «Agar islom kelmaganida Bani Tug‘lab insonlarni yeb qo‘yar edi», deyishgan.

10. Muoz ibn Amr ibn Jamuh 13 yosh va Muavviz ibn Afro 14 yosh.

Badr jangida Abu Jahlni o‘ldirishgan. Abu Jahl bu jangda mushriklar qo‘shini qo‘mondoni edi.

11. Zayd ibn Sobit.13 yosh.

Vahiy kotibi bo‘lgan. O‘n yetti kunda suryoniy va ibroniy tilini o‘rgangan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tarjimonlik qilgan. Allohning kitobini yod olgan. Qur’onning jamlanishida katta hissasi bor.

12. Itob ibn Usayd 18 yosh.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni Makkaga voliy qilib qo‘yganlar.

13. Molik inb Anas 17 yosh.

Ana shu paytdan fatvo bera boshlagan. U zot: «Meni fatvo aytishim uchun Madinaning yetmishta ulamosi guvohlik bermagunicha fatvo uchun o‘tirmaganman», degan.

14. Abdulhay Laknaviy 17 yosh.

Bu yoshda sarf, nahv, maoniy, bayon, mantiq, hikmat, tib, fiqh, ilmi kalom, hadis, tafsir va boshqa ilmlardan forig‘ bo‘lgan. Sabiylik vaqtidayoq «Imtihanut talaba fiy siyag‘il mushkila», «Tibyon fiy sharhil mezon» nomli kitoblarini yozgan. U zot 110 ta kitob yozib 39 yoshida vafot etgan.

Agar bu ro‘yxatni davom ettiraversak sizlarni zeriktirib qo‘yamiz.

Endi «bu hali yosh, tajribasi yo‘q, bu o‘spirin» kabi iboralarni lug‘atimizdan olib tashlab yoshligidan farzandlarimizga diniy va dunyoviy bilimlarni (aslida ilm diniy va dunyoviyga bo‘linmaydi) o‘rgatib boraylik. Ana shunda inshaalloh ularni buyuk insonlar bo‘lganini ko‘rib «hali yosh, o‘smir, o‘spirin, sal ulg‘aysin» kabi so‘zlar farzandlarimiz kelajagini barbod qilayotgan so‘zlar ekanini ko‘ramiz.

Abdulqodir Polvonov

@Buholicha
20 viewsedited  07:27
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:58:22 Sevmoq uchun avval tanimoq lozim.
Qanchalik taniymiz?
Qanchalik sevamiz?

Qalbingiz kompasini Allohga yoʻnaltiring, soʻngra emaklab boʻlsa ham Unga intiling, yetishasiz. Oyatda aytiladi:
"Bas, qaysi tarafga yuzingizni qaratsangiz, oʻsha tomonda Allohning "yuzi" mavjuddir"(Baqara surasi, 115-oyat).

@Buholicha
20 viewsedited  17:58
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:51:47 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf - "IYMON" kitobi
21 views17:51
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:33:02 http://telegra.ph/Ilmni-tartib-bilan-olish-kerak-04-13
19 views17:33
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:33:02 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф раҳимаҳуллоҳнинг насихатлари ва дуолари
_____________________
#nasixat

Уланиш учун:
@saboqlarUz
https://t.me/saboqlar
15 views17:33
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:33:02 Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф

ИЙМОН КИТОБИ Mp3
1. Муқаддима
(2.85mb)

@saboqlarUz
17 views17:33
Ochish/sharhlash
2022-10-04 20:11:59 Muhokama va takliflar uchun kanalni muhokamalar qismini ochib qoʻydik.
Iltimos tortishishlik, mahram va nomahramlarga yozishda iymoniy o'lchvimizni toʻgʻirlab olamiz iltimos.

Niyyatimiz Fikr alishish va mutolaa uchun!
Alloh xayrli qilsin!
20 viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash