Get Mystery Box with random crypto!

SeBAMM Consulting ®️

Telegram kanalining logotibi bugalteriya_xizmati — SeBAMM Consulting ®️ S
Telegram kanalining logotibi bugalteriya_xizmati — SeBAMM Consulting ®️
Kanal manzili: @bugalteriya_xizmati
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 413
Kanalning ta’rifi

⚡Buxgalteriya kursi✅
⚡Buxgalteriya xizmati✅
⚡Firmalar bilan ishlash✅
⚡Hisobotlar bilan ishlash✅
⚡Soliq hisobotlari bilan ishlash✅
⚡Hammasi Ishonchli va kafolatlanadi✅
☎️Murojaat uchun: 998932055020
🧑‍💻ADMIN: @Muzaffar_Miraxmedov

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-01 06:55:24 #Қонунчиликдаги_янгиликлар

Бўш турган биноларга нисбатан юқори солиқ ставкасини белгилаш бекор қилинди

“Солиқ маъмуриятчилигини ислоҳ қилиш даврида бизнес учун қулай шарт-шароитлар яратиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент фармони (ПФ–162-сон, 28.06.2022 й.) қабул қилинди

Фармонга мувофиқ, 2022 йил 1 июлдан бўш турган бинолар, фойдаланилмаётган ишлаб чиқариш майдонлари, яшаш учун мўлжалланмаган иншоотлар, тугалланмаган қурилиш объектларига ва ушбу объектлар билан банд ерларга мол-мулк ва ер солиқларининг оширилган ставкаларини қўллаш, солиқ имтиёзлари ва преференцияларнинг амал қилишини тўхтатиш тартиби бекор қилинди.

2023 йил 1 мартгача:

ҳисобварақ-фактураларда ёки назорат-касса техникаси чекларида товарлар (хизматлар)га мувофиқ бўлмаган идентификация кодларини акс эттирганлик учун молиявий жарима солинмайди;

хўжалик юритувчи субъектлар асосий воситалар, номоддий активлар ва товар-моддий ресурсларни ҳисобга олиш ҳамда ўз устав фондига оид операцияларни “Е-актив” тизимида акс эттириш ихтиёрий ҳисобланади.

2022 йил 1 июлдан:

мажбурий равишда қўшилган қиймат солиғи тўловчиси деб эътироф этиладиган тадбиркорларга ҚҚС бўйича гувоҳнома автоматик равишда берилади;

солиқ хавфи юқори бўлган солиқ тўловчиларнинг ҚҚС бўйича гувоҳномасининг амал қилиши бу ҳақида солиқ органлари томонидан 5 иш куни олдин хабарнома юборилгандан сўнг ҳамда мазкур муддатда камчиликлар бартараф этилмаган тақдирда тўхтатиб турилади.

Каналга уланиш
https://t.me/bugalteriya_xizmati
326 viewsedited  03:55
Ochish/sharhlash
2022-06-28 17:33:47
SeBAMM consulting buxgalteriya va moliya akademiyasi barcha turdagi tashkilotlarga buxgalteriya xizmatlarini ko'rsatadi!

tadbirkorlikning qaysi yo'nalishida bo'lishingizdan qat'iy nazar, sizga sifatli va ishonchli xizmatlarni taklif etamiz;

soliq va statistika xisobotlarini yuborish.

tashkilot ochish.

elektron raqamli imzo olish.

pechat shtamp tayyorlash.

xodim va ishchilarni ro'yxatga olish.

ish-xaqi kitobini yuritish.

inn va inps ochish

xisob-faktura xamda ishonchnomalarni yuritish.

bank klientini yuritish.

1c 8.3 dasturiga kiritish.

balans va yillik moliyaviy natijalarni tayyorlash.

inventarizatsiya o'tkazish.

tekshiruvlarga tayyorlash.

talabnomalarga javob berish.

barcha xizmatlar kafolatlangan!

moliyaviy harakatlaringizni 20 yillik tajribaga ega o'z ishing ustalariga topshiring

biz bilan bog'lanish:
+998977090913

onlayn ro'yxatdan o'tish: @bugalter_admin

https://t.me/bugalteriya_xizmati
290 views14:33
Ochish/sharhlash
2022-06-28 04:08:37
Dunyoda 2 narsadan: o'lim va soliqdan qochib bo'lmaydi!

Benjamin Franklin

@Bugalteriya_xizmati
331 views01:08
Ochish/sharhlash
2022-06-27 06:23:46 @Bugalteriya_xizmati
326 viewsedited  03:23
Ochish/sharhlash
2022-06-24 20:09:50
"SSSR"da 1941 yil noyabr oyidan boshlab ish haqining 6% ni tashkil etgan farzandsizlar uchun soliq mavjud edi.

Uni 20 yoshdan 50 yoshgacha bо‘lgan farzandsiz erkaklar va 20 yoshdan 45 yoshgacha bо‘lgan farzandsiz turmush qurgan ayollar tо‘lagan.

"SSSR" parchalanishi bilan 1992 yil 1 yanvarda bu soliq bekor qilingan.

Undan tashqari uylanmagan erkaklar uchun xam soliq mavjud bо‘lgan.

@Bugalteriya_xizmati
400 viewsedited  17:09
Ochish/sharhlash
2022-06-24 17:09:43
"1С Предприятие" дастури асосчиси
Nuraliev Boris Georgyevich
(1958 yil 18 -iyulda tug'ilgan) - rossiyalik tadbirkor, 1C kompaniyasining asoschilaridan biri. Moskva davlat iqtisodiyot, statistika va informatika universiteti Kompyuter texnologiyalari institutining "Korporativ axborot tizimlari" kafedrasi mudiri, Moskva fizika -texnika institutining innovatsiyalar va yuqori texnologiyalar fakulteti va "1C" asosiy kafedrasi, оliy iqtisodiyot maktabining biznes -informatika maktabi, iqtisod fanlari nomzodi.

@Bugalteriya_xizmati
360 viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-06-22 06:28:27
O‘zbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Qurbon hayiti 2022 yil 9 iyulga to‘g‘ri keladi. 

Shu tariqa, O‘zbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi: 

2022 yil 9 iyul - shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan); 
2022 yil 10 iyul - yakshanba (taqvim bo‘yicha dam olish kuni);
2022 yil 11 iyul - dushanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun);
2022 yil 12 iyul - seshanba (qo‘shimcha ishlanmaydigan kun/ko‘chirilgan dam olish kuni).

@Bugalteriya_xizmati
385 viewsedited  03:28
Ochish/sharhlash
2022-06-21 09:58:28 Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

1. Korxona vositachi bo'lganda

Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bo'yicha aylanma komitentning hisobotlarida aks ettirilishi uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini aks ettirishi kerak. Agar korxona sub-vositachi (oraliq vositachi) bo‘lsa, chekda realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ning asosiy komitenti STIRi ko‘rsatiladi.

Bunda, tizim soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida (my.soliq.uz) ro‘yxatga olingan komitent vositachilari ro‘yxatini tekshiradi.

Agar vositachi komitentning STIRini noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo'lsa yoki tegishli vositachi komitent tomonidan ro'yxatga olinmagan bo'lsa, realizatsiya qilingan aylanma vositachi hisobotlarida aks etadi.

2. Agar:

a) komitent norezident bo‘lsa – vositachi shaxsiy kabinetdagi “Komitent shakllantirish” bo‘limi orqali “Norezident-komitent ro‘yxatini shakllantirish” xizmatidan foydalangan holda, norezident bilan tuzilgan komissiya shartnomasini yuklaydi. Shundan so'ng, tizim norezident-komitent uchun ID yaratadi. Ushbu ID cheklarda “komitent STIR” o‘rniga aks ettiriladi.

Shuningdek, tizim vositachining norezident-komitent IDlari ro‘yxatini ham tekshiradi. Agar vositachi IDni noto'g'ri ko'rsatgan bo'lsa, realizatsiya qilingan aylanma vositachi hisobotlarida aks etadi.

b) sub-vositachi komitenti norezident bo‘lsa – bunda ham vositachi tomonidan norezident-komitent uchun ID yaratiladi. Ushbu ID cheklarda "komitent STIR" o‘rniga aks ettirishi uchun subvositachiga taqdim etiladi.

Bunda, tizim vositachining norezident-komitent IDlari ro‘yxatini tekshiradi. Agar sub-vositachi IDni noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa yoki vositachi shaxsiy kabinetida sub-vositachini ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsa, realizatsiya qilingan aylanma subvositachi hisobotlarida aks etadi.

Eslatma. Sub-vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)ga berilgan onlayn-NKM va virtual kassa chek summasini bosh komitent soliq hisobotida aks ettirish uchun vositachi bosh komitent tovarlar (xizmatlar)ni raelizatsiya qiladigan sub-vositachini ro‘yxatdan o‘tkazishda bosh komitent STIR (JShShIR) yoki ID raqamini (agar bosh komitent norezident bo‘lsa) ko‘rsatishi kerak.

https://t.me/Bugalteriya_xizmati
303 viewsedited  06:58
Ochish/sharhlash
2022-06-21 09:58:28
253 views06:58
Ochish/sharhlash
2022-06-20 20:21:59
Бир вақтнинг ўзида кўпроқ билим олишни истайсизми
У ҳолда бизнинг 3 таси 1 да курсимиз айнан сиз учун!

Бухгалтерлар малака ошириш маркази сизни
"Нольдан балансгача +1С" курсига таклиф этади!

Курс ўз ичига олади:
Бухгалтерия ҳисоби нолдан балансгача;
1C — дастур билан ишлаш, 100% амалиёт;
Ҳисоботларни тўлдириш.

Шунингдек, HR мутахассиси билан резюме ёзишдан тортиб суҳбатга тайёрланишгача ишлайсиз
Бундан ташқари, олдинги бухгалтердан ишни қандай қабул қилиб олишни ўрганасиз.

Бошланиши: 20-июнь
Курс давомийлиги: офлайн форматдаги 18 та дарс(амалиёт Ичида), ҳар шанба ва якшанба кунлари 3 соатдан (2 та лектор).
Курс нархи : 2.500.000 сўм,
Курс давомийлиги: 2 ой 2 хафта

Талабаларга ва 20-июньгача ру́йхатдан у́тганлар учун 20% скидка

+998977090913

@bugalter_admin

https://t.me/BUGALTERIYA_XIZMATI
276 views17:21
Ochish/sharhlash