Get Mystery Box with random crypto!

Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni ak | SeBAMM Consulting ®️

Vositachi (sub-vositachi) tomonidan cheklarda ma'lumotlarni aks ettirish bo‘yicha tushuntirishlar

1. Korxona vositachi bo'lganda

Tovarlar (xizmatlar) realizatsiyasi bo'yicha aylanma komitentning hisobotlarida aks ettirilishi uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini aks ettirishi kerak. Agar korxona sub-vositachi (oraliq vositachi) bo‘lsa, chekda realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar)ning asosiy komitenti STIRi ko‘rsatiladi.

Bunda, tizim soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida (my.soliq.uz) ro‘yxatga olingan komitent vositachilari ro‘yxatini tekshiradi.

Agar vositachi komitentning STIRini noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo'lsa yoki tegishli vositachi komitent tomonidan ro'yxatga olinmagan bo'lsa, realizatsiya qilingan aylanma vositachi hisobotlarida aks etadi.

2. Agar:

a) komitent norezident bo‘lsa – vositachi shaxsiy kabinetdagi “Komitent shakllantirish” bo‘limi orqali “Norezident-komitent ro‘yxatini shakllantirish” xizmatidan foydalangan holda, norezident bilan tuzilgan komissiya shartnomasini yuklaydi. Shundan so'ng, tizim norezident-komitent uchun ID yaratadi. Ushbu ID cheklarda “komitent STIR” o‘rniga aks ettiriladi.

Shuningdek, tizim vositachining norezident-komitent IDlari ro‘yxatini ham tekshiradi. Agar vositachi IDni noto'g'ri ko'rsatgan bo'lsa, realizatsiya qilingan aylanma vositachi hisobotlarida aks etadi.

b) sub-vositachi komitenti norezident bo‘lsa – bunda ham vositachi tomonidan norezident-komitent uchun ID yaratiladi. Ushbu ID cheklarda "komitent STIR" o‘rniga aks ettirishi uchun subvositachiga taqdim etiladi.

Bunda, tizim vositachining norezident-komitent IDlari ro‘yxatini tekshiradi. Agar sub-vositachi IDni noto‘g‘ri ko‘rsatgan bo‘lsa yoki vositachi shaxsiy kabinetida sub-vositachini ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsa, realizatsiya qilingan aylanma subvositachi hisobotlarida aks etadi.

Eslatma. Sub-vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar)ga berilgan onlayn-NKM va virtual kassa chek summasini bosh komitent soliq hisobotida aks ettirish uchun vositachi bosh komitent tovarlar (xizmatlar)ni raelizatsiya qiladigan sub-vositachini ro‘yxatdan o‘tkazishda bosh komitent STIR (JShShIR) yoki ID raqamini (agar bosh komitent norezident bo‘lsa) ko‘rsatishi kerak.

https://t.me/Bugalteriya_xizmati