Get Mystery Box with random crypto!

⏳xronologiya

Telegram kanalining logotibi bu_tarix_2021 — ⏳xronologiya X
Telegram kanalining logotibi bu_tarix_2021 — ⏳xronologiya
Kanal manzili: @bu_tarix_2021
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 880
Kanalning ta’rifi

O‘tmishsiz kelajak yo‘q.

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-07 21:45:52
2017-yil 7-iyul kuni ommaviy bozorga mo‘ljallangan birinchi elektromobil "Tesla Model 3" konveyerdan chiqdi.

Tesla Model 3 kengaytirilgan akkumulyator bilan jihozlangan, 0 dan 100 km/soat tezlikka 5,1 soniyada erishadi, 500 km masofani bosib o‘tadi. Sotish narxi 35 000 dollar qilib belgilanadi.


https://t.me/Bu_Tarix_2021
55 viewsQuvondiq Habib, 18:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 21:45:45
1872-yil 6-iyulda Qo'qon xonligi aholisi ilk bor fotosurat qanday qilib olinishiga guvoh bo‘ldi.
Fotograf Krivsov 1-marta xonlik sarbozlarining fotosuratlarini oldi.
Bu Farg‘ona vodiysida olingan ilk fotosurat edi.
Ma'lumki, u vaqtlarda musulmon dunyosida shariat bo‘yicha odamning suratini olish mumkin emasdi.
Bunga rioya qilmaganlarni jazolashlari mumkin edi.
Umuman olganda, odamlarning rasmini chizish gunoh sifatida tushunilgan.
Fotograf Krivsov Turkiston general-gubernatori fon Kaufmanning topshirig‘i bilan Qo‘qon xonligiga kelganda Xudoyorxon Asakada edi. Fotograf o'sha yerga borib unga suratga olmoqchi ekanligini aytadi.
Tabiiyki, u rad javobini oladi.
Shunda Krivsov Xudoyorxonga kamera bilan tanishishni taklif qiladi va uning hech qanday xavfli emasligini aytadi.
Shu tariqa yuqorida qayd qilingan birinchi surat olinadi.
Xudoyorxon va uning ayrim oila a‘zolari ham rasmga tushishadi. Xudoyorxonning roziligi bilan Krivsov xonlikning boshqa shaharlarida ham bo‘lib, ko‘plab fotosuratlar oladi.
61 viewsQuvondiq Habib, 18:45
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:13:12
Sham baliq

Tinch okeanida topilgan sham baliq o'z nomini juda yuqori yog'liligi tufayli oldi.

Shimoliy Amerika hindulari, bu baliqni yeyishdan tashqari, quritib, orasiga tayoq qo'yib, oddiy sham kabi yoqib yuborishdi.
https://t.me/Bu_Tarix_2021
70 viewsQuvondiq Habib, 17:13
Ochish/sharhlash
2022-07-07 19:00:46
851 ta tili bor mamlakatni bilasizmi?

Tinch okeanining janubiy-sharqiy qismida Papua Yangi Gvineya davlati joylashgan. Davlat tili ingliz tili bo'lgan bu davlatda mahaliy tillar soni 851 ta. Eng qizig'i bu davlatning aholisi bor yo'g'i 9 million kishi.


https://t.me/Bu_Tarix_2021
72 viewsQuvondiq Habib, 16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 16:01:37
Boks qiroli Muhammad Ali Londonga safar qilganda, bir jurnalist undan soʻradi:

— Siz Islom diniga sigʻinasiz, shundaymi?

Muhammad Ali javob qildi:

— Alhamdulillah, musulmonman!

Jurnalist yana soʻradi:

— Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi egizak binolarni portlatganlar sizning diningiz vakillari ekanligiga qanday qaraysiz?

Ali shunday dedi:

— "Dunyodagi eng vaxshiy odam" deya nom olgan Gitler sizning diningiz vakili edi-ku?! Ayb sizning diningizdami yoki Gitlerdami? Endi hamma Gitler va unga oʻxshagan xatokor yomonlardan nafratlanishi kerakmi yoki sizning diningizdanmi?

— Singlim, toʻgʻri, har bir musulmon mukammal emas, ammo Islom mukammaldir.


https://t.me/Bu_Tarix_2021
79 viewsQuvondiq Habib, 13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 14:55:54
#қизиқарли_факт

Курси 13 километр йўл босади

Америка идораларида фаолият юритадиган ҳар бир ғилдиракли курсиси бор ходим йилига ўртача ушбу курсида саккиз миль (ўн уч километр) масофани босиб ўтиши мумкин.
73 viewsQuvondiq Habib, 11:55
Ochish/sharhlash
2022-07-07 13:01:13
Vashingtonda 1800-yil 4-iyun kuni Amerika Qo'shma Shtatlari prezidentlarining rasmiy qarorgohi - Oq uyni qurish bo'yicha asosiy qurilish ishlari yakunlandi.

Uning birinchi egalari Jon Adams va uning rafiqasi Abigayl edi.

Bino arxitektori Jeyms Xoban tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu joy AQShning birinchi Prezidenti Jorj Vashington tomonidan tanlangan.

Amerika rahbarining rasmiy qarorgohi mamlakat poytaxti Vashingtonning markazida, Pensilvaniya avenyuida joylashgan.

An'anaviy nom deyarli darhol qarorgohga yopishib qoldi. Gap shundaki, oq Virjiniya qumtoshi ishlatilgan bino qizil granitdan qurilgan atrofdagi uylardan ajralib turardi.

1902-yilda Prezident Teodor Ruzvelt Oq uyni prezident qarorgohining rasmiy nomi deb e'lon qildi.
77 viewsQuvondiq Habib, 10:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 10:01:25 MASHHURLARNING G‘AROYIB TAQDIRLARI

Lord Bayron

Bayron o‘ta ta’sirchan va ehtirosli bo‘lgan. U his-tuyg‘ularini jamlay olmagani sabab telbalik kasaliga duchor bo‘lgan. Buyuk shoir to‘ladan kelgan, oqsoqlanib yuradigan, ammo juda ehtirosli ijodkor bo‘lgan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, Venetsiyada bir yil davomida yashagan chog‘ida ikki yuzdan ziyod ayolga muhabbat izhor qilishga ulgurgan.

Charlz Dikkens

Odamlarni gipnoz qilish Dikkensning sevimli mashg‘uloti bo‘lgan. U o‘zining gipnozga oid qobiliyati va mashg‘ulotlarini xotinida sinab, uni uyqusizlik kasalidan davolashga harakat qiladi. Taniqli yozuvchi hamisha shimolga qarab uxlash va yozishni odat qilgan.

Lev Tolstoy

Lev Tolstoy umr yo‘ldoshi Sofiya Bers bilan turmush qurar ekan, to‘yining birinchi kunidayoq o‘z kundaligini xotini qo‘liga tutqazadi. Turmush qurishidan ilgari bo‘lib o‘tgan ishqiy munosabatlarini xotinidan yashirmaslik uchun shunday qiladi.

Frans Kafka

Frants Kafka bir muncha muddat sug‘urta kompaniyasida kotib vazifasida ishlagan. Hayotda u oddiy, shu bilan birga omadsiz ham bo‘lgan. Umri davomida bir necha hikoyalar chop ettirishga ulguradi, ammo ular adibga shuhrat keltirmagan. Vafotidan oldin do‘sti Maks Brodga barcha qo‘lyozmalarini yo‘q qilib yuborishni vasiyat qiladi. Ammo Maks aksincha qo‘lyozmalarni nashrga beradi. Shu tariqa Kafka vafotidan so‘ng mashhur yozuvchi sifatida taniladi.

Agata Kristi

Agata Kristi birinchi jahon urushi davrida harbiy gospitalda hamshira bo‘lgan. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, dorixonada ishlaydi. Kristi har qanday zaharni bir qarashdayoq ajrata olgan. Negaki, uning detektiv asarlaridagi ko‘plab jinoyatchilar zahardan foydalanib qotillik sodir etishgan. Agata Kristi qo‘li bilan yoza olmaydigan disgrafiya kasaliga duchor bo‘lgani bois asarlarini aytib yozdirgan.

Ingliz tilidan Umida Mahmudova tarjimasi.

«O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining 2013 yil 4-sonidan olindi.

Bizning manzil:
https://t.me/Bu_Tarix_2021
260 viewsQuvondiq Habib, 07:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 09:00:58
Bugun 7-iyul - Belgiyaning Kortreyk shahrida Abu Ali ibn Sino haykali ochilgan kun

2000-yil Belgiyaning Kortreyk shahrida Abu Ali ibn Sino haykalining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi.

Toshkent bilan Kortrieyk o'rtasida qardoshlik aloqalari o‘rnatilganligining 10 yillik yubileyi munosabati bilan O'zbekiston hukumati va Toshkent hokimligi Belgiyadagi ushbu shaharga ushbu haykalni sovg'a qildi.
73 viewsQuvondiq Habib, 06:00
Ochish/sharhlash
2022-07-07 07:01:11
Xitoyda noodatiy hayvonot bog'i bor. U yerda hayvonlar qafasda saqlanmaydi, balki tashqarida bemalol yurishadi.

Hayvonot bog'iga kelgan odamlar esa aksincha hayvonlarni qafasda turib tomosha qilishadi.
72 viewsQuvondiq Habib, 04:01
Ochish/sharhlash