Get Mystery Box with random crypto!

​​​​​ISTIGʻFORNING 40 XOSIYATI. ASTAGʻFIRULLOH 1. Allohga | ꧁🌸Jannatim Onam🌸꧂

​​​​​ISTIGʻFORNING 40 XOSIYATI.
ASTAGʻFIRULLOH
1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi;
2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi;
3. Istigʻfor aytgan odam imon halovatiga erishadi;
4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi;
5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi;
6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ;
7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi;
8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi;
9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi;
10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi;
11. Mol-dunyoga baraka kiritadi;
12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi;
13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq;
14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi;
15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi;
16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi;
17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi;
18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ;
19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi;
20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi;
21. Boshga tushgan balolarni daf etadi;
22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi;
23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ;
24. Istigʻfor majlis kafforatidir;
25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ;
26. Shayton vasvasasini qaytaradi;
27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ;
28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi;
29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi;
30. Xursandchilik olib keladi;
31. Yuzni nurli qiladi;
32. Rizq kelishini osonlashtiradi;
33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ;
34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi;
35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi;
36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi;
37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi;
38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi;
39. Qalbni tiniqlashtiradi;
40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi.
ISTIGʻFOR AYTAYLIK DOʻSTLAR.
Doʻstlaringizga ham ulashing SAVOB boʻladi in sha ALLOH.