Get Mystery Box with random crypto!

'ACWA POWER' kompaniyasi yangi yil arafasida 60 ta xonadonga | Furqat Po'latov | Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari

"ACWA POWER" kompaniyasi yangi yil arafasida 60 ta xonadonga go‘sht tarqatdi

Boyovut tumani hududida quvvati 1500 megavattli IES qurayotgan Saudiya Arabistonining "ACWA POWER" kompaniyasi xayriya tadbirlarini davom ettirmoqda.

Kompaniya tomonidan jonliq so‘yilib, Boyovut tumanida istiqomat qiluvchi 60 nafardan ortiq ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlarga tarqatildi.

Alloh taolo “Inson” surasida xayrli ishlarni qiluvchi abror bandalarning sifatlari bayonida aytadi:

«O‘zlari taomni yaxshi ko‘rib tursalar ham, uni miskin, yetim va asirlarga berarlar» (8-oyat).

Ushbu xabarni yoritishdan maqsad: qilinayotgan yaxshiliklardan qolganlar ham ibrat olishini xohlar edik.

Kanalga ulanish: @Boyovut_pressa