Get Mystery Box with random crypto!

Bayram kunlari iste’molchilar elektr va gaz bo‘yicha qarzdorli | Furqat Po'latov | Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari

Bayram kunlari iste’molchilar elektr va gaz bo‘yicha qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qo‘yilmaydi — Energetika vazirligi

Qayd etilishicha, neft-gaz va ko‘mirni qazib chiqarish, elektr energiyasi hamda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha korxonalarda maxsus shtablar tashkil etilgan.

Elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi issiqlik elektr stansiyalar va markazlar barqaror ishlashini ta’minlash uchun kuniga o‘rtacha 47-48 mln kub metr tabiiy gaz yetkazib beriladi. Shuningdek, stansiyalar uchun 70 ming tonna mazut va 230 ming tonna ko‘mir yoqilg‘isi zaxirasi yaratilgan. Hududlardagi barcha ko‘mir omborlariga ko‘mir mahsulotini uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Bayram kunlari iste’molchilarga kuniga o‘rtacha 155 mln kub metr tabiiy gaz, 2 ming tonna suyultirilgan gaz, 5 000 tonna avtobenzin, 5 000 tonna ko‘mir hamda 235 mln kVt-soat elektr energiyasi yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Energetika vazirligining qo‘shimcha qilishicha, bayram kunlari iste’molchilar elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorlik uchun tarmoqdan uzib qo‘yilmaydi.

Kanalga ulanish: @Boyovut_pressa