Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga, 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” sh | Boyovut Live 🔴 Расмий Канал

Ertaga, 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi

Hukumat farmoyishiga asosan Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik koʻrish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkaziladi.

Tumandoshlarimizni umumxalq hasharida faol bo'lishga chorlab qolamiz.

Boyovutliklar qoʻshiling va tezroq ulashing.
@Boyovut_live