Get Mystery Box with random crypto!

#Oq_she'r SHUNCHAKI BOTIR BANNOP Men oddiy insonman, Oddiy | BOTIR BANNOP (ijodiy kanal)🙂

#Oq_she'r

SHUNCHAKI

BOTIR BANNOP

Men oddiy insonman,
Oddiy musulmon.
Qoʻlimdan kelmaydi gunohni koʻrib,
Oʻzgadan qilmoqlik gumon.
Men axir oʻshaman
Koʻzini zinodan berkitib,
Shahvoniy soʻzlardan uyalgan.
Nomahram qoʻlini ushlmay,
MENSIMAS nomini olgan.
Kulaman ba'zida yigʻlab ham,
Kimgadur jonimdan achinib.
Oʻzimchi- baxt degan tuygʻudan uzoqib,
Qolganman dardlarga yalchinib.
Faqat siz soʻz ochmang iltimos,
Alloh nomi bilan SHIRKIY gaplardan,
Fatvolar izlaysiz oʻzingizga mos.
Harom yoʻllarga ham yoʻl topib bugun.
Siz faqat quvasiz dunyoni,
Ohirat tomonni unutib.
Men faqat quvaman taqvoni,
JAYNAMOZ USTIDA OʻLIMIM KUTIB.
Musulmon holatda tugʻilganimdek,
Shukr, ulardek yashayman.
Xudosizlar nomin eshitib,
Xayratdan yoqamni ushlayman.
Axir Allohning quliman,
Koʻngilni emas.
Abdulloh deyishsa labbay deyaman,
Shaytonga qasdlashib juda koʻp,
Nafsimni bir chetdan yeyaman.
Ba'zan qalbimda oshadi nafratli sonlar,
Xayron ham qolaman gohida.
Gunohga boshlasa insonlar,
Shoʻrva ichib ilon yogʻida.
AYTING QAY BIRIN YOZAY,
NIKOHSIZ SEVISHIB YURGANLARNIMI.
YOKI MUSULMONMAN DEB,
KOFIRLAR YOʻLIDA TURGANLARNIMI.
sanasam bundaylar sigʻmaydi she'rga,
Alam qildi, xozirgina kimnidur,
Mehnat emas, AROQ botirar terga.
Shu uchun har juma QIYOMAT kunini,
Kutaman,kutaman orziqib.
Nasib qilsa iymonim bilan,
ALLOHNING FAZLIGA KOʻZ TIKIB.

Botir Bannop

2022-yil

T.me @BotirBannop