Get Mystery Box with random crypto!

Oftobda ko‘zlaring qizarar bexos, Yomg‘irda nam bo‘lar gul yo | Botiniy gaplar

Oftobda ko‘zlaring qizarar bexos,
Yomg‘irda nam bo‘lar gul yonoqlaring.
Barmog‘ing qimtinib saqlaydi sirdan
Hammasi tabiiy, yo‘q sening siring.

Go‘yoki, xo‘rsinish go‘zallikka yon,
Go‘yoki, mayuslik – samimiy, sodda.
Azizam, azizam, bari bir tomon,
Sen nega xomushsan men bor dunyoda?!