Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma OʻQITUVCHILAR 1-YANVARDAN BOSHLAB USTAMA OLISHLARI | BOSHLANG‘ICH TA'LIM

#Eslatma

OʻQITUVCHILAR 1-YANVARDAN BOSHLAB USTAMA OLISHLARI MUMKIN

Maktablarda ishlaydigan xodimlarga direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblash yangi yildan davom etadi. 

2021-yil 1-yanvardan boshlab, oʻqituvchilarga direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi davom etadi.

Chunki, byudjet tashkilotlarida ishlaydigan xodimlarga direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlovlar hisoblanishi toʻxtatib turilishiga oid hukumat qaror loyihasi tayyorlanmadi. Yaʼni, qoʻshimcha toʻlovlarni toʻlamaslik boʻyicha hech qanday koʻrsatma berilmadi.

Xabaringiz bor dastlab, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 232-sonli qarori bilan oʻqituvchilarga beriladigan qoʻshimcha ustamalarni 2020-yilning 16-aprelidan 1-oktyabriga qadar toʻxtatib turish belgilangan edi.

Keyinroq esa “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining barqarorligini taʼminlash va xarajatlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori bilan bu muddat 1-yanvargacha uzaytirildi.

Umumiy qilib aytganda oʻqituvchilar aprel oyidan buyon qoʻshimcha ustamalarni olmayotgan edi.

Ayni paytda muddatni yana uzaytirish boʻyicha biror harakat yoʻq. Demak, hukumatning amaldagi qarori boʻyicha toʻlovlar hisoblanishini toʻxtatib turish 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotdi.

Ana endi pedagog xodimlar 2021-yil 1-yanvardan boshlab, direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlovlarni olishlari mumkin.

https://t.me/boshlangich_talim_uz