Get Mystery Box with random crypto!

Gapdan gap chiqdiyu ....... shaxsi tarixi mavzusida bahslashi | Rassom qizning kundaligi🫶🏻🧑🏻‍🎨

Gapdan gap chiqdiyu ....... shaxsi tarixi mavzusida bahslashib qoldik . Maktab darsligida aynan shu haqida o'qiganim esimga tushdiyu shartta o'rnimdan turib kitoblar orasidan darslikni qidira boshladim (o'zimga kerak bo'ladi degan darsliklarimni kutubxonalardan qidirib olib qo'yaman yomon tushunmang maktabdan o'g'irlab olmaganman) topdim ham, kerakli sahifani ochdim va hamma kulishni boshladi , qarasam hozirgina o'zim maqtagan insonimni yuziga mo'ylov, achki, yana nimalardir chizib to'lliq rasm qilib qo'ygan ekanman. Bir qarashda o'zim chizgan bu narsadan hursand bo'ldim fantaziyani qarela deb , bir tomondan shunday inson xotirasiga nisbatan yomon ish qilganimni o'ylab esa... . Sho'xlik qilib har narsa qilgan ekanmiz ustozni ortidan harakatlarini qaytarish, kitoblarga boyagidek "san'at asarlari"ni yaratish , biroz aqlimiz kirgandan keyin esa ularni o'ylab "shu menmanmi ?"deb qolasiz. O'sha paytlar bu qilgan ishimdan rosa mag'rurlanganim va hammaga ko'rsatib kulganim esimga tushdiyu uyalib ketdim shunday ekan hozir sizga qiziq tuyilgan har ishni qilishdan oldin o'ylang .
#shunchaki_yozdimda
@boqchalarni_bezatish