Get Mystery Box with random crypto!

Bookvamper

Telegram kanalining logotibi bookvamper — Bookvamper B
Telegram kanalining logotibi bookvamper — Bookvamper
Kanal manzili: @bookvamper
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Do not listen to mines in a crowd, good days(mostly) and after a really dynamic song

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-01-10 12:06:11 Yoki o‘zgarmay turavering, yoki ko‘zingizni oching

Mana 3-yilga yaqindirki, kitob va kitobxonlar olamida borman. Bu olamning ichida yurar ekansiz, siz uchun sevimli yangi adabiyotlarni, sevimli yangi mualliflarni kashf qilar ekansiz. Kashf qilish davomida ko‘pchilik shedevrlarni e‘tiborsiz qolganini, nega shunday asar turib, oddiy yig‘lash uchun jo‘n kitoblarni o‘qiyotganimizni o‘ylab qolasiz.

Qiziq savol har doim tirik: Agar siz kitob o‘qib shakllanmoqchi bo‘lsangiz, nega faqat biladiganlaringiz haqida o‘qishni istaysiz?

Bu kun siz uchun kashfiyotlar kuni bo‘lishi mumkin, gar siz bizni @Hammasi_rasvo ni 15:30 dan eshitsangiz.

13 raqami omadsizlik raqami, gohida sirli xazina kodi bo‘lishi ham bor gapmikin?

@Hammasi_rasvo
828 views09:06
Ochish/sharhlash
2021-01-09 21:53:30 ​​Averroes izidan
La busca de Averroes

Oldinlari Argentina desa, birinchi hayolimga Messi kelardi, albatta. Men Messini Argentina timsoli deb bilardim. Ammo, afsuski, bu dunyoda adabiyot degan safsatabozlik ham bor ekan. (kulgu) O‘sha "safsata" to‘quvchilardan biri Argentinalik va uning nomi Xorxe Luis Borxes emish. Va uning hikoyalarini bizni ba‘zi "dohiylar"imizni romanlari bilan taroziga qo‘ysak, biznikilar tarozini kuchi ila yettinchi osmonga uchishar ekan. Yana kimsan sevimli yozuvchingiz(ba‘zilar uchun) Koelo janoblari Borxesdan ilhomlanarkanlar(lekin bu ilhomlanish...). Ha, aynan shunaqa emish.

Yana bir afsuslantirarli xabarni aytishga ijozat etsangiz. (ozgina kutiladi) Xorxe Luis Borxesning "Al-Muhtasimga yaqinlashuv" degan hikoyalar to‘plami bizni o‘zbek tilida ham bor. Tarjimayam yangi va ravon. Ko‘p g‘am chekmang, yaqinda Safarlini tarjima qilamiz deyishyotgandi, iya, ha, unutibman, Shenliko‘g‘lini yangi kitobini ko‘rdinglarmi?.. (piching)

(jiddiylashamiz)

Xullas kalom, o‘sha kitobni o‘qiyapman. Aslida, ancha oldin boshlagandim, ammo mening peshonamda ham yettinchi osmonni ko‘rish "baxti" yozilgan ekan) Lekin yengilmadim, yana urindim, yana osmon. Yana urindim, yana osmon. Vanihoyat bir safar, quyosh botayotganda, ufq zarhali ko‘zimni qovushtirganda... Borxes shapata tushurdi

Bir hikoya va qop-qop ma‘no. Biron o‘n daqiqalik hikoyani soatlab o‘ylashlar... Bularni hammasi Borxes sabab.

Hikoyalarning uchdan bir qismini tugatdim. Bugun sizlarga to‘plamning birinchi hikoyasi haqida gapirib bermoqchiman. XII-asrda qadim Andalusiyada Averroes degan faylasuf o‘tgan, hikoya uning yunon madaniyatini o‘rganmay Aristotelni tushunishga harakati haqida. Averroes Aristotelni "Poetika"sini talqin etayotganda uning oldiga "tragediya" va "komediya" degan so‘zlar to‘g‘ri keladi. Va tabiiyki, faqatgina o‘z qadriyati, madaniyati va adabiyotini o‘rgangan Averroes bu so‘zlarni tushunmaydi. Hamda bir necha kitoblardan qidiradi. Lekin bu naf bermadi, chunki u o‘quvchi va biladigan kitoblarini mualliflari ham buni bilishmagan va bilishsa ham, yozishdan ma‘no topishmagan. Shunday qilib, bizni Averroes tushunmay qoladi.

Hikoyada nega Averroes va unda bo‘lgan kitoblarda "tragediya" va "komediya" yo‘qligini muallif tushuntirishga urinadi: bolalar jamoat bo‘lib namoz o‘qishni "o‘ynashadi". Bamisoli bizni yosh qizlarni "kelin" rolini o‘ynashganlaridek. Va hamma "aktyorlarimiz"ni muazzin bo‘lgilari keladi. Axir, u asosiy rolda edi-da. Ya‘nikim, eng yosh qatlamni orzusi ilmli yo zakiy bo‘lish emas, muazzin bo‘lib, e‘tiborga muhtoj kishi bo‘lish(nimanidir eslatdimmi?).

Yana bir misolni iqtibos orqali tushuntirsam: ...keyin esa bog‘dagi sayr chog‘i atirgullar to‘g‘risida so‘z ochildi. Abulqosim bu gullarga zig‘ircha e‘tibor qilmay, Andalus chorbog‘larini ziynatlagan atirgullardan go‘zalrog‘i yo‘qdir deya ont ichdi.

(takror o‘qiymiz iqtibosni)

Yosh avlodini orzusi e‘tibor bo‘lsa, odamlari o‘z "gullarini" ko‘rmay, o‘sha gullarni yagonaligiga iymon keltirsa, albatta, u avom tragediyani madhiya deb, komediyani duoyiba‘d deb tushunishi tabiiy.

Bu hikoyani o‘qib, yer kurrasida O‘zbekiston va uning chegaradoshlaridan boshqa davlat va uyerda yashaydigan odamlar yo‘q deb biladigan, biron bahs qilsangiz, buning 4 ta ma‘nosi bor va buni hamma ma‘nosi yomon deb, 5-yaxshi ma‘no borligini ko‘rmaydigan noadekvat insonlarni esladim.

Agar Averroes va uning xalqi boshqa madaniyatlarni ham o‘rganishganda, uyerda ham odamlar va qadriyatlar borligini bilishardi. Biz ham bugun o‘zimizni fikrdan, mamlakatdan, umuman, bizga tegishli hamma narsadan tashqari, yana bir unga o‘xshagan narsa borligini tan olsak va buni anglay olsak, o‘z xatolarimizni ko‘ra olish imkoniyatiga ega bo‘lishimiz hamda bu bilan rivojlanishga yuz tutishimiz mumkin. Oq qog‘ozda biron narsani o‘qish uchun, qora harflarni bilish lozim.

Gap ko‘p edi, ammo o‘zidek Arastuni Averroes, Averroesni Borxes tushunmaganidek, men ham Borxesni o‘zidek anglolmayman. Zero, bu imkonsiz va shu taqlid cheksizlikka qadar...

(Svet o‘chgan va rasm kutilganidek)

@bookvamper
485 viewsedited  18:53
Ochish/sharhlash
2021-01-08 15:27:17 ​​Va yana deyman: Kitob do‘koniga ko‘p pul bilan bormang...

@bookvamper
407 views12:27
Ochish/sharhlash
2021-01-08 00:13:10 ​​Badiiy asar o‘qimas ekan...

Adabiyot – ma’naviyatning bosh bulog‘i. Matematikmi, huquqshunos yoki shifokormi, biolog yoki rassommi, badiiy asar o‘qimas ekan, u yuksak natijalarga erisha olmaydi. Men ba’zi shifokor do‘stlarimizdan: “Siz Ivan Yefrimovning “Tig‘ ustida” romanini o‘qiganmisiz?” deb so‘rab qo‘yaman. Chunki bu soha kishilari uchun minglab turdagi dardlar “simptom”ini bilish, tashxis qo‘yish va behad ko‘p nomdagi dori-darmonlar nomini yodda saqlashning o‘zi kifoya qilmaydi. Bemor shifokorni ko‘rishi bilan “ha, bu odam meni davolay olishga ishonaman” degan tasavvurda bo‘lishi kerak. Ya’ni shifokorning tashqi qiyofasi, so‘zi, ko‘z qarashiyu o‘zini tutishi muhim rol uynaydi. “Tig‘ ustida” (Lezviye britvы)ni o‘qigan shifokor buni anglab oladi. Bunday kitoblar jahon adabiyotida yetarlicha bor. Adabiyotning inson ma’naviyati, uning shakl­lanishi va komillikka erishuvida hozir biz aytgan jihatlar kichik bir zarra, xolos. Modomiki, adabiyot shunday qudratli kuch ekan va ulug‘larimiz ta’riflaganlaridek, atomdan kuchli ekan, uning kuchini o‘tin yorishga sarflamaslik kerak. Va yana shuni ta’kidlashni istardimki, nimani o‘qishni bilish kerak. Chunki, jahon adabiyoti ulkan bir tog‘ bo‘lsa, alohida olib qaraganda kitobxon uning oldida kichik bir chumoli. Tanlab o‘qing!

Chuchuk suv ta’mini totmagan har qush,
Umr bo‘yi tumshug‘in sho‘r suvdan olmas.


Quruq so‘zlar va voqealar yig‘indisidan iborat bo‘lib qolgan, badiiyatdan yiroq “asar”lar sizda yaxshi xislatlar shakllanishiga yordam bermaydi. “Otam­dan qolgan dalalar” yoki “Odam qanday toblandi” tipidagi asarlar adabiyotimizda anchagina. Ijodkor bu yo‘ldan bormasligi kerak. Bunday adabiyot qo‘shiqchiligimizni didimizga urilayotgan to‘qmoqqa, kinochiligimizni “jazavafilm”ga aylantirib qo‘ydi. Juda ko‘p filmlarimiz oilaviy janjal asosiga qurilgan. Jazavaga tushib qichqirayotgan, qo‘lini shop qilgancha o‘dag‘aylayotgan, g‘azabdan ko‘karib-bo‘zarib ketgan qahramonlarning beo‘xshov harakatlarini tomosha qilishdan insoniyat nima oladi?

"Sanggisopoltosh". Ne‘mat Arslon

P. S. Shu adib yozganlarini o‘qib ko‘ringlar. Rostdan, ajoyib nasr!

@bookvamper
577 viewsedited  21:13
Ochish/sharhlash
2021-01-07 12:10:32 Sovg‘amiz yetib boribti. Xayrli qilsin!
411 views09:10
Ochish/sharhlash