Get Mystery Box with random crypto!

Bookvamper

Telegram kanalining logotibi bookvamper — Bookvamper B
Telegram kanalining logotibi bookvamper — Bookvamper
Kanal manzili: @bookvamper
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 32
Kanalning ta’rifi

Do not listen to mines in a crowd, good days(mostly) and after a really dynamic song

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-01-25 20:52:37
Booktok

Booktok - bu TikTokda qo‘yiladigan kitoblar haqidagi video. Ha, aynan g‘irt axlat deb biladigan TikTokingda kitoblar haqida.

Xo‘sh, nega TikTokni tanlaganmiz? Umuman, ilovada sifatli va kerakli kantent topish mumkin, faqat topgan narsangiz motivatsiya uchun yoki tez o‘rganish uchun. Ha, bizni smartfonli tiktokerlarimiz "yedirib" tashlashgan. Ammo bu butun tiktok bir tiyin deganimas.

G‘oya menga Azimbekdan keldi, uyam video tayyorladi. Keyin o‘ylab qoldim, shunday kontentda kitoblar haqida nimadir qilish qanchalik muvaffaqiyatli? Yo‘q, bizda bu narsa e‘tibor ostida bo‘lmaydi. Ha, biz qilgan narsalarni mingta odam ko‘rishiga ham gumonimiz bor, lekin atigi, 1 ta odam ko‘rsa ham biz nimadir bera olishimizdan mamnunmiz. Bu ilovada biz kichikkina bo‘lsa-da, o‘rin topamiz bir kun.

Ham yordam beramiz, ham vaksina beramiz, ham lazzat olamiz. Boshqa bloger, kitobxonlarni ham bunga targ‘ib qilaman. Afsuslanmaysiz.

Mayli, endi bir bitta chetni booktokini ko‘raylik, og‘zingizni ushlab oling.

@bookvamper
380 viewsedited  17:52
Ochish/sharhlash
2021-01-25 00:53:14 #Taqriz #Oʻzbek_adabiyoti

Balki "Kutaman" qo'shig'ini eshitib, odamlar, istaklar va davlat muvozanati haqidagi mustaqillikdan keyingi avlod romaniga yozilgan taqriz: https://teletype.in/@bookvamper/Muvozanat_Ulugbek_Hamdam

Kitobning elektron varianti

kitobsimiruvchi
383 views21:53
Ochish/sharhlash
2021-01-20 18:23:58 Ozmi-ko‘pmi bir necha romanlarni o‘qib, tugatib kelyapman. Menimcha, kitobxonlarni mutolaadan qumsaydigan narsasi - bu o‘sha asarda yashash. Siz ertaga qilishingiz kerak bo‘lgan 3 ta speechni qilmaganingizni unutib, bir necha kundan beri, odatlarini o‘rgangan, hayotiga va orzulariga sho‘ng‘igan qahramoningiz hikoyasini davom ettirishni qanchalar istaysiz-a!..

Biror hikoyani o‘qishni boshlasangiz, yarim soat, uzog‘i bilan, bir yarim soatda u bilan xayrlashingiz mumkin. Hikoya emas, qissa bo‘lsa, yana 1-2 soat vaqt oshishi mumkin. Yoki deylik, ilmiy-ommabop kitob bo‘lsa, bobdan-bobgacha qilib o‘qiysiz. Ammo oldingizda qalin roman bo‘lsa-chi? Boshida buncha katta hajmni hali-beri tugatmayman deb ming‘illab qo‘yasiz, ammo uni aqalli to‘rtdan birini tugatsangiz, uning ichida yashayotganingizni sezib qolasiz. Har kuni tushdan oldin qahramon(lar)ingizni keyingi kulgusini, keyingi g‘amini tuyasiz va saharlab 5-10 daqiqa bo‘sh vaqt topilsa, o‘sha roman muqovasi yana bukiladi. Agar katta romanlar biz bilan qalin o‘rtoq bo‘lib qolsa bormi, ularning hajmi shunchalik kichik ko‘rinadi-ki!.. Ha, xuddi o‘zi.

Lekin tortish kuchi bizga uchish zavqini bir necha soniyalargagina beradi, xolos. Boshlangan umr, tugash uchun odimlaydi. Birinchi bob, oxirgi bobga ibtido bo‘ladi. Roman tugaydi.

Soat 13:08. U hali tong payti tugagandi. Endi kechga borib, u hikoyani o‘qiyolmayman. Chunki allaqachon, tugab bo‘lgan. Azizim, men sendan roziman. Senga katta rahmat.

Endi boshqa hikoyaga o‘tamanmi?.. Ha, yur, kutubxonani ochamiz...

kitobsimiruvchi
452 viewsedited  15:23
Ochish/sharhlash
2021-01-18 21:21:43 ​​13 things mentally strong people don't do "Ruhan" kuchli bo'lgan insonlar qilmaydigan 13 narsa. (shartli ravishda ruhan deb olyapman Mental so'zining tarjimasini. Quyida barcha "mental" ning tarjimalari ruhan deb aytiladi) Boshlang'ich va qisqa fikrlar.…
444 viewsedited  18:21
Ochish/sharhlash
2021-01-18 20:52:10 ​​13 things mentally strong people don't do
"Ruhan" kuchli bo'lgan insonlar qilmaydigan 13 narsa.
(shartli ravishda ruhan deb olyapman Mental so'zining tarjimasini. Quyida barcha "mental" ning tarjimalari ruhan deb aytiladi)

Boshlang'ich va qisqa fikrlar.
Overview.

Kitobni o'qishni boshlashingiz bilan What's Mental strength?
(Ruhiy kuch nima?) degan savolga duch kelasiz.

Insonlar ruhan kuchli yoki kuchsiz bo'lmaydilar. Barchamizda ruhiy kuchning ma'lum darajadagi holatlari bor, ammo uning qay darajada bizda rivojlangan ekanligi bilan farqlanadi.

Ruhiy kuchimizni avvaldan shakllanishida alohida omillar mavjud:

° Genetics (Irsiyat)

° Personality (Shaxsiyat)

° Experiences (Tajribalar)

Sizda aynan yuqoridagi omillar natijasida ruhiy kuchingiz paydo bo'ladi va siz ularni o'zgartira olmaysiz. Masalan, yomon o'tgan bolalik paytingizni o'chirib tashlolmaysiz yoki genetic holatingizni osonlikcha boshqasiga aylantirolmaysiz.
Lekin bu ruhiy kuchingizni yaxshilashning imkoni yo'q degani emas.

O'z ruhiy kuchingizni rivojlantirish uchun ham 3ta muhim bo'limlar mavjud. Ular:
1. Fikrlar
2. Fe'l atvor
3. Hissiyotlar.

Kitob aynan informative bo'lganligi sababli kerakli ma'lumotlarni bo'lishishni muhim deb topdim.

Kitob semizgina.13chapterdan iborat. Men endigina 3chi chapterini tugatdim.
Shu 3taginasida ham bir dunyo yaxshi fikrlar bor.

Hozirdan o'qishni boshlashingiz mumkin.

Menimcha 10chi chapterga yetib bormasdan yana nimadir yozsam kerak. Kuting.

Men: @CarrotReads
337 views17:52
Ochish/sharhlash
2021-01-16 20:09:35 ​​ Bayramga kitob olmaysizmi? Hamma-hammamizni bayramimiz bilan o‘rtoq grajdanlar;) Demak, demak, bitta kitob beraymi bayramga? Anaqa, siz ayol bo‘lsangiz, sovg‘ani biron erkak yaqiningizga berasiz(shart). Kelishdikimi? Bitta chellenj boshlaymiz, #me…
364 views17:09
Ochish/sharhlash
2021-01-16 19:18:55 ​​Bestsellerlar haqida

"Bu ikki element menga ovqatlardagi shakar va yog‘ (sugar and fat)ni eslatadi. Aytadilarki, ovqatlarda eng arzon masalliq shu ikkalasi ekan. Aksar ovqat shu ikkalasi sabab sotilar ekan. Shu ikkalasi ovqat industriyasining asosiy sotish vositalari ekan.

Oqibatda bunday asarlar sabab jamiyatning saviyasi tubanlashadi, xuddi ovqatdagi mazkur ikki element sabab hamma semirib, cho‘chqaga aylanib ketayotgandek."

Bu tepadagini Mahmud Usmon degan akamiz yozgandi fbda, aka nimani nazarda tutganini post oxirida tushunasiz)

Kecha Doctor‘s mind‘ bestsellerlar haqida post qoldirgandi. Bestsellerlar xitlar, to‘g‘ri.

Har davrning o‘z talabi bo‘ladi. Xitlar aynan shu talablar asosiga xit darajasiga chiqadi. Misol uchun, bir asr oldin bizni odamlar repni qabul qilolmasdi.

XXI-asrga kelib, kitoblar savdosida self-help kitoblarga talab nihoyatda oshdi. Chunki sen har doim tez omadli va baxtli bo‘lishni istaysan. Bundan tashqari ur-yiqit va fahsh kitoblar doim trendda.

Mana deylik, mening o‘rtoqlarim self-helplarga qanday qaraydi? O‘zi zo‘rg‘a majburlanib bir-bir badiiy o‘qib turadi(o‘sha ham 3-4 tasi), lekin "Boy ota, kambag‘al ota", "Muvaffaqiyat sirlari" va "Boy bo‘lishning sirlari" kitobini dunyodagi eng yaxshi kitoblardan sanaydi, chunki boshqa o‘qimaganam-da... Yana o‘qigan bo‘lsa ham, ularni bunchalik mushtoq bo‘lib o‘qimagan. Nafaqat mening o‘rtoqlarim, boshqa ko‘pchlik "kitobxonlar"da ham bu hol mavjud. Ular uchun muvaffaqiyat biron yerga yashirib qo‘yilgan "xazina" va bu kitoblar o‘sha yashiringan "xazina"ni xaritasi

Ur-yiqit va fahshni o‘qiydiganlarni ham tushunsa bo‘ladi - yashirib qo‘yilgan shokolad shirindir-a? Boshida real voqealarga asoslangan deyilgan-ku, anau Dostoevskiyni katta romanlarini ko‘rib, rangi oqargandan ko‘ra, shular yaxshi-ku, axir! Shokoladni sevmay bo‘lmaydi-ku, tushunsak-chi

Hay, biroz kulib o‘qinglar deyapman-da) Men bular bilan nima demoqchiman, hozirgi kunda bestseller - ko‘p sotiladigan xit kitoblar shu "Yaxshi uxlashning 101 ta siri", "Sevgisiga yetmagan bola" va "Yosh qizni sho‘r peshonasi" kabi kitoblar. Lekin, bundan tashqari badiiy, non-fiction, original self-help bestsellerlar ham mavjud. Ammo ularga talab bizda nihoyatda past. Bizda bugungi kunda bestseller deganda shunday o‘rtachadanam past, o‘qishga arzimaydigan lekin, ko‘p sotilgan kitoblar nazarda tutilishi kerak.

Ommani tanlovi sizga yaxshi foyda beradi deb o‘ylasangiz, siz ommaga qul bo‘lib yashab o‘tasiz. "Oqimda bo‘lma, oqim bo‘l".

O‘zingiz qiziqadigan sohada eng yaxshilarini o‘qishga urining. Klassiklarni seving va ardoqlang.

Kitoblarni bestseller bo‘lgani uchun ajratmang. Eng yaxshilar - eng qimmatlar emas. Eng yaxshilar - biz o‘zimizni topgan, tushungan va ruhan o‘stirgan asarlar.

@Bookvamper - Bestseller kitoblardan bo‘lsa, tashlab bering deydiganlarni yomon ko‘radigan kitobsimiruvchi
321 views16:18
Ochish/sharhlash
2021-01-13 22:21:24 ​​ Bayramga kitob olmaysizmi?

Hamma-hammamizni bayramimiz bilan o‘rtoq grajdanlar;)

Demak, demak, bitta kitob beraymi bayramga?

Anaqa, siz ayol bo‘lsangiz, sovg‘ani biron erkak yaqiningizga berasiz(shart). Kelishdikimi?

Bitta chellenj boshlaymiz, #meningerkakqahramonim degan. Ya‘ni, bu degani, siz o‘qigan kitoblaringiz ichida sizga eng ko‘p yoqadigan erkak qahramonni tasvirlaysiz, nega aynan uni tanlanganingizni, uning kamyob xislatlari deylikmi, yoxud bizga o‘rnak bo‘la oladigan fazilati deylikmi, bir postda yozishingiz kerak.

Va postingizni 15-yanvar kirguncha, xohlasangiz @bookvamper_book_klub ga yoki kanalingizda yozib, postni menga ulashsangizam(share) bo‘laveradi.

Post mundarijasi shunday bo‘lishi kerak:

1. #meningerkakqahramonim

2. Qahramon nomi va qaysi asardan ekanligi.

3. Sizning qahramoningiz matni


Atigi shular, va eng yaxshi tasvirlangan qahramon sohibini o‘zim tanlab, sovg‘asini beraman

Tak-tak, yozishni boshlaymiz, tekin sovg‘a olish imkoniyatini o‘tkazib yubormang

P. S. Yana bir narsa, hechdan ko‘ra...

@bookvamper
764 viewsedited  19:21
Ochish/sharhlash
2021-01-10 21:51:18 ​Diqqat
Apple Academydan "Bir oyda bir kitob" loyihasi.
Bu qanday loyiha deysizmi?

Endi siz har oy biz bilan bitta manfaatli kitob o'qishingiz va musobaqada qatnashib, g'olib bo'lishingiz mumkin .

Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi:
online shaklda quizbot orqali tanlangan kitobdan 30 ta ochiq test olinadi;
keyingi bosqichga o'tganlardan online shaklda quizbot orqali 20 ta yopiq test olinadi;
20 ta so'nggi bosqichga o'tgan ishtirokchilar o'quv markazining o'zida tanlangan kitobdan bellashishadi.

G'olibga Hasanxon qori Yahyo Abdulmajid domla Qur'oni Karimni topshiradilar.

Faxriy o'rin egalariga ham manfaatli kitoblar beriladi.

@iBook_apple_academy

"Bir oyda bir kitob" tanlovida ishtirok etishni istaganlar
@iBook_appleacademyBot ga

1. Ism va familiya
2. #bir_oyda_bir_kitob deb yozib qoldiring
434 views18:51
Ochish/sharhlash