Get Mystery Box with random crypto!

BOOK.UZ FARGʻONA

Telegram kanalining logotibi bookuz_fargona — BOOK.UZ FARGʻONA B
Telegram kanalining logotibi bookuz_fargona — BOOK.UZ FARGʻONA
Kanal manzili: @bookuz_fargona
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 48
Kanalning ta’rifi

📲 Farg'ona shahridagi birinchi onlayn kitob savdo sahifasi
📦 Buyurtma bering - biz BEPUL yetkazib beramiz
💵 To’lov - siz istagan usulda!
Ish vaqti: 8:30 - 17:30

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-25 10:35:07
«6 daqiqa»

Ushbu kundalik orqali har kuni butun dunyo bo'ylab 1.000.000 odam baxtliroq bo'ladi.

"6 daqiqa" kundaligi e'tiboringizni sizni baxtli qiladigan narsalarga qaratish odatini rivojlantirishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Shu bilan birga, u ushbu narsalar nima ekanligini aniqlashga yordam beradi. Biroq, kundalikning maqsadi sizning hoxlagan negativ his-tuyg'ularni inkor etib chetga surgan holda hamma narsani yaxshi deb qarashingiz (ideallashtirishingiz) emas.

Muqovasi: Qattiq
Narxi: 95.000 soʻm

Yetkazib berish xizmati:
Farg'ona shahar bo'ylab BEPUL

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

+998972715525

Telegram | Instagram
1.3K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-08-25 08:15:10
Islomda birinchi xalifa kim boʻlgan?
Anonymous Quiz
9%
Hazrati Usmon r.a.
15%
Hazrati Umar r.a.
70%
Hazrati Abu Bakr r.a.
5%
Hazrati Ali r.a.
593 voters1.2K views05:15
Ochish/sharhlash
2022-08-24 18:11:14
#mutolaa_foydasi

Kitob oʻqib dunyoni qutqara olmaysiz, lekin dunyodan biroz oʻzingizni qutqarishingiz mumkin.

Jaloliddin Rumiy

@bookuz_fargona - kitobga oshno qalblar uchun
1.4K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-08-24 10:19:42
«Patrisiya»

G'arb mamlakatlarida oila va nikoh masalasiga jiddiy qaralmasligini bilamiz. Ammo Omina Shenliko'g'lining "Patrisiya" romanini o'qiganimizda, g'arbda ham sharq xalqlarining ibratli oilalari bilan tenglasha oladigan kichik jamiyatlarning borligini Jozeflar oilasi misolida ko'rishimiz mumkin.

Shuningdek, muallif tomonidan asar bosh qahramoni – Patrisiya obrazi ajoyib va go'zal bir tarzda ochib beriladi-ki, u Yevropaning giyohvandlik, nikohsizlik kabi salbiy illatlar urf bo'lgan muhitida tug'ilgan bo'lishiga qaramay, o'z shaxsiyatini ushlay olgan, e'tiqodli, go'zal xulqli qiz qilib tasvirlanadi.

Patrisiya ota-onasi, yaqinlari bilan hamjihatlikda oilasining sha'ni va uning kelajagi uchun qayg'urgan holda kurashadi, buning zamirida o'zining maqsadiga erishdi.

Muallif: Amina Shenliko’g’li
Muqovasi: Qattiq
Narxi: 48.000 so’m

Yetkazib berish xizmati:
Farg'ona shahar bo'ylab BEPUL

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmati mavjud

+998972715525

Telegram | Instagram
1.3K views07:19
Ochish/sharhlash
2022-08-24 08:30:01
#Paygʻambarimiz_bilan_bir_kun

Paygʻambarimizning ilk farzandlari Qosimning vafotidan biroz oʻtib, ikkinchi farzandlari - Zaynab tugʻiladi. Ular tashqi koʻrinish, xulq jihatidan Paygʻambarimizga juda oʻxshab ketar edilar. Zaynab voyaga yetgach, xolalarining oʻgʻli Abul Os ibn Robiyga nikohlanadilar. Koʻp oʻtmay ketma-ket tugʻilgan goʻdaklarga Ali va Umoma deb ism qoʻyishadi. Paygʻambarimizga risolat kelgandan soʻng Zaynab islomni qabul qiladi. Abul Os odamlarning «Xotiningga ergashib, ota-bobolaring dinini tark etdingmi?» degan gapidan qoʻrqib, iymon keltirmaydi. Ammo Abu Lahab kabi dushmanlik qilmaydi. Abu Lahabning oʻgʻillari hatto Zaynab bilan ajrashishni taklif qilishadi. Ammo u bunday qilmaydi. Oradan vaqt oʻtib Abul Os ham musulmon boʻladi. Zaynab va Abul Osning islom bilan nurafshon boʻlgan hayoti uzoqqa bormaydi. Zaynab kasallikka chalinib, vafot etadi. Janoza namozini Rasulullohning oʻzlari oʻqiydilar. Abul Os esa umrining oxirigacha boshqa uylanmaydi.

@bookuz_fargona - saodat davriga yetaklaydi
1.3K views05:30
Ochish/sharhlash
2022-08-23 18:00:11
#Tez_kunda

Bizni kuzatib boring

@bookuz_fargona — yangi kitoblar
1.3K views15:00
Ochish/sharhlash