Get Mystery Box with random crypto!

#Paygʻambarimiz_bilan_bir_kun Paygʻambarimizning ilk farza | BOOK.UZ FARGʻONA

#Paygʻambarimiz_bilan_bir_kun

Paygʻambarimizning ilk farzandlari Qosimning vafotidan biroz oʻtib, ikkinchi farzandlari - Zaynab tugʻiladi. Ular tashqi koʻrinish, xulq jihatidan Paygʻambarimizga juda oʻxshab ketar edilar. Zaynab voyaga yetgach, xolalarining oʻgʻli Abul Os ibn Robiyga nikohlanadilar. Koʻp oʻtmay ketma-ket tugʻilgan goʻdaklarga Ali va Umoma deb ism qoʻyishadi. Paygʻambarimizga risolat kelgandan soʻng Zaynab islomni qabul qiladi. Abul Os odamlarning «Xotiningga ergashib, ota-bobolaring dinini tark etdingmi?» degan gapidan qoʻrqib, iymon keltirmaydi. Ammo Abu Lahab kabi dushmanlik qilmaydi. Abu Lahabning oʻgʻillari hatto Zaynab bilan ajrashishni taklif qilishadi. Ammo u bunday qilmaydi. Oradan vaqt oʻtib Abul Os ham musulmon boʻladi. Zaynab va Abul Osning islom bilan nurafshon boʻlgan hayoti uzoqqa bormaydi. Zaynab kasallikka chalinib, vafot etadi. Janoza namozini Rasulullohning oʻzlari oʻqiydilar. Abul Os esa umrining oxirigacha boshqa uylanmaydi.

@bookuz_fargona - saodat davriga yetaklaydi