Get Mystery Box with random crypto!

Bir xil qizlarni koʻrib rahmim keladi. Ular ham qaysidir xonad | Booktrovert

Bir xil qizlarni koʻrib rahmim keladi. Ular ham qaysidir xonadonni bekasi, kimnidir jufti haloli boʻlishni maqsad qilgandir, erini ishdan kelishini kutib, har xil taomlar qilishni, farzandini uygʻonib qolishidan xavotir olib sekin tovush chiqarmasdan yurishni oʻylagandir. Boshqa tengdoshlaridagi shunaqa baxtni koʻrib yurak bagʻirlari tilka pora boʻlar. Hammasidan toʻyib ketgani esa aniqday. Yuzlarida na quvonch, na bir kulgu, baxtdan asar ham koʻrinmaydi. Faqat maʼyuslik, majburan qilingan soxta tabassum, majburan koʻrsatilgan jasorat. Ularni deyarli, bunday xoʻrlangan ahvolda yurishiga hech qanday ayblari boʻlmagan. Ifloslar koʻpayib ketganda hozir, aldaydi, maqsadiga erishadi. Keyin yosh qizlar shunchaki qolib ketadi va chorasizlikdan notoʻgʻri yoʻlga kirib, qoʻlma-qoʻl, barchasi yakunlanganday hayot kechirishadi. Yana oʻsha ifloslar "yigitlar" qilgan ishidan faxrlanib, gap ham tarqatib yurishadi, maqtanishadi. Nafs va iflosliklari sabab, kimnidir butunlay hayotiga nuqta qoʻyganliklari haqida oʻylab ham koʻrishmaydi. Hozirgi vaqtda bunday, jabrlanib qolishlar koʻpayapti. Qanchadan-qancha qizlar soddaligidan aldanib, oʻsha ifloslarni nayrangiga aldanib qolyapti.

Alloh insof bersin deymiz! Man shunaqa holatdagi qizlarni koʻrsam, eshitib qolsam, juda ham ogʻir ahvolga tushib qolamanda. Qaysidir hayvonning, hayvoniy istaklari qurboniga aylanib, botqoqqa botib, yashagani sari choʻkib borishadi axir. Tamaki, alkogol, tungi klublar, mijozlar uni olamidagi muhim bir qismga aylanganini oʻzi ham bilmay qoladi. Endi pokiza va ozoda qizdan, samimiy kulgichlari bor tarbiyali qizdan asar ham qolmaganda.

Sheroz Israel | #yozganlarim | @marslik