Get Mystery Box with random crypto!

​#Kitob_2 #Men Fotih Duman - Men(Bas qil, ey nafs!) Nafs - x | Bookman

#Kitob_2
#Men

Fotih Duman - Men(Bas qil, ey nafs!)

Nafs - xabardor, nafs - dushmandir... U hech qachon tinmaydi... Sizning ham ichingizda bir ovoz siz bilan gaplashadimi? Siz jim boʻlgan paytingizda ham u gapiraveradimi, shundaymi? Quloqlaringizga nimalarnidir pichirlaydimi? Yolgʻiz qolgan paytingizda bu gʻalati ovoz siz bilan soʻzlashadimi?... Kimdir buni "ichki ovoz" desa, yana kimdir "menlik" deb ataydi, eskilar buni "nafsning ovozi", "nafs" deb atashadi... Men siz bilan dardlashadigan o‘sha nafs haqida hikoya qilib beraman. Shunday ekan, bu kitobni nafsingiz tilidan xitob qilinadigan bir hikoya deb qabul qilgaysiz...

Kitob ajoyib uslubda yozilgan boʻlib, qissada hech kim gapirmaydi, aksincha voqealar "nafs" tomonidan hikoya qilinadi. Qissa bir vaqtlar Bursada yashagan Aziz Mahmud Xudoiy bilan nafs oʻrtasida boʻlib oʻtgan shiddatli jang haqida boʻlib, nafs odamni qanday yoʻldan urishlari, nafsning asl maqsadi va unga qarshi kurashishni yoritib beradi. Kitobda yana shunday qismlar borki, biz kabi kitobxon aynan shu kitobni olib oʻqishni boshlashi orqali "nafs" degan soʻzni nima ekanligini anglab yetish ham tasvirlab ketilgan. Kitobni oʻqishni boshlaganimda, ichimda nimadir "uyga borib oʻqirsan" deb xitob qilganini eshitib, bu nafs ekanini sezdimu, unga qastlashib oxirigacha oʻqiyman deb oʻzimga vada berdim, Chorsudagi masjidga kirdimu olti soat deganda 300 betli kitobni bir oʻtirishda oʻqib tugatdim. Kitobni oʻqir ekanman, bir necha yil oldin koʻrgan "Yunus Emro: Ishq safari" nomli serial hayolimdan ketmadi, kitobni oʻqishdan oldin kinosini koʻrib qoʻyganimdan afsuslandim toʻgʻrisi. Kitob haqida maʼlumot qidirib koʻrsam, 2011-yil chiqarilgan ekan, serial esa 2015-yil suratga olingan, demak kino syujetlari kitobdan olingan.

Kitob yoshligidan ilm olishga bel bogʻlagan, taʼlim olish maqsadida Istanbulga kelgan Mahmud Fazlulloh oʻgʻli haqida boʻlib, madrasada tahsil olib, u yerda xonaqohga qatnab qalb ilmini oʻrganib nafsga qarshi kurashga kirishi, bu yoʻlda ancha qiyinchiliklarga uchragani, vaqt kelsa nafsning yo'rig'iga yurishi, nafsga qarshi bosh koʻtarib mansabidan, davlatidan, obroʻsidan voz kechishiga guvoh boʻlasiz.

Qiyinchilikga duch kelgan vaqtda, nega sabr qilmaymiz, "keyin qilarman" deb ortga surishlarimiz nimasi, namozlarni kechiktirishimiz, vaqti kelsa bezbetlarcha qazo qilishlarimiz, kitob oʻqigani oʻtirishimiz bilan uyqumiz kelishi, biror vazifani belgilangan vaqtda tugata olmasliklarimiz oʻzidan oʻzi sodir boʻlmasligini shu kitobni oʻqish mobaynida javob olishingiz mumkin.

"Har bir kitobning oʻz egasi bor" deydilar. Ajab emaski, bu kitob faqat siz uchun yozilgan boʻlsa.

Bookman - Ilmsizlikka qarshi inson!