Get Mystery Box with random crypto!

Nega kitob oʻqish kerak? Avvalo shunaqa savol bermaslik uchun | Bookman

Nega kitob oʻqish kerak?

Avvalo shunaqa savol bermaslik uchun kitob oʻqish kerak, keyin savolga ojizona nuqtai nazarim bilan uzoqroqdan olib kelib javob berishga harakat qilaman.

Ertalab vaqtli turib, hamma yostiq quchoqlab yotgan bir paytda shirin uyqusidan kechib yuguradigan odamdan "Nega har kuni yugurgani chiqasiz?" deb soʻrasangiz "maqtanish uchun" demaydi, "sogʻlom, yuqori immunitetli, kelishgan qomatli va jismonan baquvvat boʻlish uchun" deb javob beradi. Sportdan uzoqlashmaymiz! Har kuni "zal"ga qatnaydigan, bokschi boʻlaman degan hohlagan bittasidan "Nega...?" desangiz, "burnim qonasa mazza qilaman" demaydi, "sport mamlakatni tezroq tanitadi" deydi...

Endi asosiy savolga oʻtsak! Har kuni kitob oʻqigan insonda sogʻlom fikrlash, xotira barqarorligi, nutqiy ravonlik, fikran teranlik va boshqa intelektual jihatlarda ijobiy oʻzgarishlar kuzatiladi. Noxush holatlarga tushmaslik, kutilmagan holatlarda kerakli qarorni qabul qilish, toʻgʻri mulohaza yuritish bularning barchasi kitob mutolaa qilish orqali rivojlanib boradi.

Jamiyatimizdan kelib chiqib aytadigan boʻlsak, otasini otasi qilgan xatoni qilmaslik uchun, onasiday onasini koʻrib kun kechirmaslik uchun albatta inson keng mulohazali, erkin fikrli boʻlishi shart. Buning uchun esa kitob oʻqish lozim.

P/s: Sport millatni tezroq tanitadi, kitob esa xalq hayotini yaxshilaydi.

Bookman - Ilmsizlikka qarshi inson!