Get Mystery Box with random crypto!

Bookgeek.uz 🌻

Telegram kanalining logotibi bookgeek_uz — Bookgeek.uz 🌻 B
Telegram kanalining logotibi bookgeek_uz — Bookgeek.uz 🌻
Kanal manzili: @bookgeek_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.08K
Kanalning ta’rifi

Ilmdan o'zga najot yo'q va bo'lmagay!
shaxsiy blog : @sokinlikuzra

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-09 07:18:20 Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin!
1.9K views04:18
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:13:02

2.0K views14:13
Ochish/sharhlash
2022-07-06 04:48:05


@bookgeek_uz
1.9K views01:48
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:40:27
"Ba'zilar dinning "O'qi" amrini faqatgina erkaklarga oid deb tushunadilar va, "Ko'p bilgan ayolni tili chiqadi, nafsi kattalashadi, eriga bo'yin egmaydi, ushlab turish qiyinlashadi" deb o'ylaydilar. Bu mavzuni bilib, noto'g'ri talqin qiluvchi din dushmanlari bo'lgani holda, o'qigan ayoldan qo'rqadigan johil musulmonlar ham bordir.

Avval shuni aytish kerakki, bu kabi fikrlash xatodir. Uni dinga oid bir joyi yo'qdir. Dinimiz bilgan bilan bilmaganni bir tutmaydi. Jaholat qorong'ulik, ilm esa nur va oydinlikdir. Johil inson jamiyatning eng buyuk balosidir. Qaysi vijdon bu sifatlarni erkakka loyiq ko'rmay turib, ayolga loyiq ko'radi?"

•Erkin tarjima

~ Kitobda ayollarga oid eng kerakli masalalar bilan bir qatorda, erkaklar uchun ham yuzlanmalar mavjud. Ayollar uchun maxsus fiqhiy masalalarni ham oson tilda yoritib berilgan. Bizni o'zbek tildagi "Baxtiyor oila" kitobi ila deyarli bir xil^^

@bookgeek_uz
1.9K views15:40
Ochish/sharhlash
2022-06-30 20:14:05 Kitoblarning lotin yoki kirill alifbosida bo'lishi mavzusida fikrlaringiz qanday?

Bugun 9 yoshlik jiyanim bilan kitob tanlayotib, unga olib bermoqchi bo'lganim, yoki qiziqayotgani ko'p kitoblar kirill alifbosida ekaniga e'tibor qaratdim. Kirillda ham o'qiy oladi, ammo qiynalib. Biror kitobga qiziqib ichini ko'rmoqda, so'ng kirillda ekanini ko'riboq joyiga qo'ymoqda.

Shundan so'ng o'ylanib qoldim, qolganlar bu mavzuda qanday fikrda? Omma uchun qaysi biri qulay? va ayniqsa bolalar uchun.
2.1K viewsedited  17:14
Ochish/sharhlash
2022-06-30 18:10:20
Bugun jiyanimga kitob olib berish bahonasida Chorsuga borgan edim. Kitob do'konlari yoni ancha o'zgarib ketibdi. O'tirish uchun o'rindiqlar qo'yilibdi yo'llarga. Buni ko'rib, xursand bo'ldim^^ chunki doim borganimda, o'rindiqlarga ehtiyoj tug'ilar edi

Yangi kitoblar ko'payib ketibdi. Oxirgi bor 5 oycha avval borgan edim. 5 oy mobaynida ancha yangi kitoblar nashr etilinibdi. Bunisi esa ko'zlarni yana-da quvnatdi. Shu vaqt ichida buncha kitob chiqishi, odatiy hol emas. O'zgarishlar katta. "O'zimga kitob olmayman" deb borib, baribir uch kitob olib qaytdim.

Faqatgina "Qamar" do'koniga kirdim. Qolganlariga kira olmadim. Yana ko'plab rus tilidagi kitoblar ham sotuvga chiqibdi. Ayniqsa bolalar uchun diniy kitoblar, payg'ambarlar haqidagi kitoblar juda go'zal tarzda ishlangan. Oila mavzusida ham, bola psixologiyasi yana boshqa mavzularda ham tanlov kengayibdi. Bu holatlar insonni juda xursand qiladi. Bardavom bo'lsin!

@bookgeek_uz
2.0K views15:10
Ochish/sharhlash