Get Mystery Box with random crypto!

Bugun jiyanimga kitob olib berish bahonasida Chorsuga borgan e | Bookgeek.uz 🌻

Bugun jiyanimga kitob olib berish bahonasida Chorsuga borgan edim. Kitob do'konlari yoni ancha o'zgarib ketibdi. O'tirish uchun o'rindiqlar qo'yilibdi yo'llarga. Buni ko'rib, xursand bo'ldim^^ chunki doim borganimda, o'rindiqlarga ehtiyoj tug'ilar edi

Yangi kitoblar ko'payib ketibdi. Oxirgi bor 5 oycha avval borgan edim. 5 oy mobaynida ancha yangi kitoblar nashr etilinibdi. Bunisi esa ko'zlarni yana-da quvnatdi. Shu vaqt ichida buncha kitob chiqishi, odatiy hol emas. O'zgarishlar katta. "O'zimga kitob olmayman" deb borib, baribir uch kitob olib qaytdim.

Faqatgina "Qamar" do'koniga kirdim. Qolganlariga kira olmadim. Yana ko'plab rus tilidagi kitoblar ham sotuvga chiqibdi. Ayniqsa bolalar uchun diniy kitoblar, payg'ambarlar haqidagi kitoblar juda go'zal tarzda ishlangan. Oila mavzusida ham, bola psixologiyasi yana boshqa mavzularda ham tanlov kengayibdi. Bu holatlar insonni juda xursand qiladi. Bardavom bo'lsin!

@bookgeek_uz