Get Mystery Box with random crypto!

Bookitob

Telegram kanalining logotibi book1tob — Bookitob B
Telegram kanalining logotibi book1tob — Bookitob
Kanal manzili: @book1tob
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 546
Kanalning ta’rifi

O'qiyapman, demak, yashayapman...
📝Ozgina kitob va ozgina hayot haqida bilganlarim bilan bo'lishaman
🗃 Aloqa uchun: @Book1tob_aloqaBot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 04:01:38
Telefoningiz quvvatini uzaytirish uchun, kitob o‘qing....

Mehmet Yildiz
198 views01:01
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:00:07 #

Hayot bizni ko'p yiqitishga urinadi, shunday emasmi? Bir hafta mobaynida ijtimoiy tarmoqlardan cheklandim (telegram, instagram, facebook). Mening yarimim bo'lib ulgurgan kitoblarni o'qiy olmadim, dars qilmadim. O'rganib qolgan narsangizdan shunchaki voz kechib ketish qiyin, shu sababli audio hikoya, tarixiy voqealar va suralar tingladim. Omar Halil o'qigan hikoyalar taskinimga aylandi, o'zimga o'zim "bo'larkanu shunday insonlar ham" dedim. Bular:
"Bir muhabbat qissasi" - bir oila misolida go'zal namuna. Murod va Samiyaning hayotidagi sinovlar, do'stining farzandsizligi, 5 farzand bilan Samiyaning yolg'iz qolishi, farzandlar tarbiyasi haqida.
"Ahmad amaki" - avtobuschining halolligi, Professor qizi Fotima va hayotdagi nozik "hikmatlar" haqida.
"Avliyo qaynona" - qaynona va kelinning Islom bilan bezatilgan hayoti.
"Bir oshiq yigit" - Alloh uchun sevish va sevilish haqida.
"Soliha qiz voqeasi"
"Umarning hikoyasi"- adashgan qismat taqdiri, jahannam azobi va tavba haqida.
"Ummu Gulsum" - Internet yulduzining taqdiri.
"Gulyuzligim Osiyo" - qalbi go'zal insonlar haqida.
"Xilqat" kabilar.
Hammasi yuragimni tub tubidan joy oldi, qalbi iymonga to'la insonlar hayoti sizga ham "Iymon nuri" ni ulashar ekan.

shu havola orqali siz ham tinglashingiz mumkin.
"Payg'ambarlar tarixi" kitobi 4 ta kitobdan iborat, men uni audio shaklda tinglashni boshladim. Play marketdan havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

p.s Bu post orqali sizga nimanidir yetkazmoqchi bo'ldim. Men bilan birga ekanligingiz uchun rahmat Yaxshilarim!

@Book1tob
255 views10:00
Ochish/sharhlash
2022-08-15 19:25:51
O‘zingizni sarhisob qiling!
Bugun barchamiz bir muayyan vaqt topib o‘zimizni sarhisob qilishimiz lozim. Qalbimiz kimga va nimaga bo‘lgan muhabbat bilan band? Mol-dunyogami, mashinagami yoki biror insonning muhabbati qalbimizni o‘rab olganmi? Agar qalbimiz ilohiy muhabbatga limmo-lim bo‘lmasa, unda qachongacha quruq kalima aytish bilan vaqtimizni o‘tkazamiz. Qachon qalbimizni yolg‘iz O‘ziga bo‘lgan muhabbat egallaydi?
Qachongacha tilimiz “Laa ilaha illalloh” deb aytib, qalbimiz hech bir hissiyotni his etmaydi.
Shuning uchun do‘stlarim! O'z nafsingizga: “Allohim! Bugundan boshlab, senga itoatsizlikdan saqlanaman. Habibing sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini tark etmayman”, deb ahd qiling!

"Ilohiy ishq" kitobidan


p.s video maxsus "kamina" tomonidan ishlandi
@Book1tob
715 views16:25
Ochish/sharhlash
2022-08-15 19:15:18 ​​Shubhasiz, oshiq ma’shuqiga itoatkordir.

#book_review
“Ilohiy ishq” | Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy
Inson zotida yaratilish e’tibori bilan nuqsonlar juda ko’pdir. Lekin uning qalbida bir “mayl” borki, uni komillik sari qadam qo’yishga undaydi. Agar uning mayli jo’sh ursa, undagi zaiflik quvvatga, jahli esa ilmga o’zgaradi. Kamchiliklar mukammallikka aylanadi. Shunda u inson jannatga haqli bo’ladi. Bu maylning nomi “Ilohiy ishq” deyiladi. Ushbu Naqshbandiy asarida ko’plab komillik darajasiga erishgan insonlar, Payg’ambarimiz Muhammad sollalohu alayhi vasallam hayotlaridan parchalar va unga dalil sifatida Qur’ondan oyatlar tilga olinib, ilohiy ishq “kuylanadi”.
Bilamizki, Qur’oni Karimdan keyingi o’rinda turuvchi manba hadis hisoblanadi. Asarda ham hadislar o’rinli misollar bilan chiroyli yoritib berilgan. Kitobni qo’lga olganimda naqshbandiyya tariqati haqida ekan deb yanglishibman. Avvaliga Naqshbandiy hayoti va ijodi haqida yozilgan, keyin esa boshqa muhim mavzularga o’tilgan. Mavzular “hazm bo’lishi oson”, ortiqcha so’zning o’zini ko’rmaysiz.
Qo’limdagi kitob 88 bet, men kabi bir o’tirishda bemalol tugatish mumkin. O’qing, zero o’qish hech qachon zarar qilmaydi.

@Book1tob
585 views16:15
Ochish/sharhlash
2022-08-13 21:20:39
Xalq! Qaysi asarni o'qiyapman?

(zo'r epigraf tanlanibdi, lekin qayerdadir shunga o'xshash fikr o'qiganman
@Book1tob
666 views18:20
Ochish/sharhlash
2022-08-13 12:36:41
Qalb go'zal bo'lsa, gumon ham go'zal bo'ladi...

@Book1tob
619 views09:36
Ochish/sharhlash
2022-08-13 12:36:35
Photographer

@Book1tob
513 views09:36
Ochish/sharhlash
2022-08-13 12:32:28 ​​#book_review
“Qalb iffati” | Nuriya Cheleen

Iffatini pok saqlagan ayol (Maryam)ni yod et. (Anbiyo surasi,91-oyat)
Turk adabiyoti namunasi bo’lgan ushbu asar Nuriya Cheleen tomonidan yozilgan bo’lib, o’zbek kitobxonlari ko’nglidan joy egallashga ulgurdi. Asarda Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v dan oldin kelgan Zakariyo, Yahyo, Iso alayhissalomlar hayoti badiiy tarzda hikoya qilingan. Yozuvchi sifatlash, o’xshatish kabi san’atlaridan mohirona foydalangan.
Asar Maryamning onasi Hanna, onasi o’limidan keyin onalik qilgan Iysha va bosh qahramon Maryam onamiz tomonidan hikoya qilinadi.
Opa-singil Iysha va Hannaning dardi bir edi, ya’ni farzandsizlik. Allohning marhamati bilan keksaygan chog’da Imron oilasida bir farzand qiz dunyoga keladi. Onasi Hanna chaqaloqni tug’ilmasidan avval Baytul Maqdisga nazr qilgan edi. O’sha payt o’g’il bolalarga qo’yiladigan ism bo’lsa-da, Maryam deb ism qo’yadi. Maryamning ota-onasi vafotidan keyin, xolasi Iysha va Zakariyo payg’ambar 6 yoshgacha uni uyida tarbiyalaydi. Har yili 400 ta og’il bola o’qiydigan Baytul Maqdisdan Maryam uchun alohida xona ajratiladi, uning oldiga faqatgina Zakariyo alayhissalom kirishiga ruxsat beriladi. U yerda turli Allohning mo’jizalari sodir bo’ladi. Yaqinda kelishi kutilayotgan payg’ambar bokira qizdan tug’ilishi haqida gap-so’zlar yurardi, o’sha qiz kechayu kunduz Allohga ibodat qilguvchi Maryam edi.
Iyshaga ham qarigan chog’ida farzand ne’mati ato etiladi, u Yahyo alayhissalomni dunyoga keltiradi. Maryam esa iffati bilan sinaladi. Iso va Yayho alayhissalomlar bir yuzi yigirma to’rt ming payg’ambar uchun berilgan sinov ularning darajasi kabi mushkul sinovlarni boshdan kechirishadi. Alloh mo’jizasi shunday narsaki, uni o’qiganingda ham qalbing larzaga keladi.
E’tiborlisi, asar ohirida Maryam onamiz, Iso alayhissalom tomonidan so’nggi payg’ambar kelishi kutilayotganiga ishora qilinadi.
Gapiradigan gaplarim ko’p edi, lekin shu so’zlar bilan ham meni tushundingiz deb o’ylayman. Kitobda bog’inga bo’lishda ayrim qo’pol xatolar mavjud, bu esa hech qanday asarni o’qishingizga to’sqinlik qilmasligi kerak. Muqova va dizayni juda chiroyli qilingan.

Nuriya Cheleen haqida bilguvchilar bormi? Hayoti va ijodiga qiziqib qoldim.

@Book1tob
483 views09:32
Ochish/sharhlash
2022-08-11 10:16:08 ​​#hayotiy

Hamma narsaning o’z chegarasi bor: nafsni, so’zlashni, kulishni, nolishni, kurashishni, sabrni va umrni…
Qumsoatiday tez tugaydigan hayotimiz, bizning ko’zimizga yulduzlar kabi cheksizday ko’rinadi. Osmonga boqing, ko’zingizga ko’rinayotgan yulduzlarni sanab ko’ring, mitti yulduzlar ham chetda qolmasin. Demak siz sanay olasiz, 10 ta, 19 ta, 40 ta va undanda ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin. Xo’sh umringizni hisob-kitob qila olasizmi?!
Nafsga berilib, qo’limizdagi bor narsaga shukr qilmaymiz. Afsuski, inson cheklanmaganlik muammosiga giriftor bo’lgan. Uncha uzoqqa nazar solmay, ko’chada tilamchilik qilmasdan arava yetalayotgan, mashina balonlarini tozalayotgan go’daklarga boqaylik. Ularga rahmingiz kelmasin, chunki ular boriga qanoat qilayapti, Alloh bergan rizqiga shukr qilayapti.
G’iybat, ig’vo, tuhmat bular hammasi nimadan kelib chiqadi? Ko’p so’zlash va behuda o’ylamay gapirishdan. Birovning kiygan kiyimini, qo’shni xotinning balog’atga yetgan qizini, bema’ni yurayotgan o’g’lini, qarzi ko’paygan qarindoshini, ichkilik ichib ko’chada yiqilgan erkakni gapirishdan oldin inson o’ziga, oilasiga bir qarashi lozim. “Beayb Parvardigor” deb bejiz aytilmaydi, hayriyatki qo’lidan gapirish emas, duo qilish keladigan insonlar ham topiladi.
Yon atrofga qaramay baland ovozda kulamiz, qo’limizdagi telefondan noliymiz, yaxshisini istaymiz, kurashishdan ko’ra voz kechishni tanlaymiz, to’g’rimi?!


p.s Umr chegasiga oddiy misol qilib, yaqinda bo’lgan voqeani aytib bermoqchiman. Keyingi postimda joylayman.

Fikringizni kommentda kutaman.
@Book1tob
581 views07:16
Ochish/sharhlash
2022-08-10 19:26:13
120 - raqam
103- raqam @Akhmadjonova4
94 - raqam @toliba_of_iiau

Tabriklayman! G'oliblar @TA_Bookitob profiliga yozsin. Yutqizganlar iltimos hech ranjimang, bu bir o'yin xolos. Nasib Ishtirokingiz uchun tashakkur!

Tanlov va sovg'alar yetib borgani haqida https://t.me/bookitob_tanlov kanalida bilib olasiz.
@Book1tob
605 views16:26
Ochish/sharhlash