Get Mystery Box with random crypto!

Izohlarda koʻp koʻrayotgan savollar bular yoʻtal va shamollash | BOLALAR SHIFOKORI 👩‍⚕️

Izohlarda koʻp koʻrayotgan savollar bular yoʻtal va shamollash haqida ekan.
ONAJONLAR:
1. Iltimos bolangizni tomogʻini va burnini umuman yuvdirmang! Shifokorlarni yomonlashdan yiroqman. Ammo, ayrimlari pul ishlash uchun ham shunday muolajalarni buyurishadi. Chunki, oʻzingiz bilasiz har bitta tomoq va burun yuvdirish ham pul. Kattalarni tomoq va burnini yuvish bu umuman boshqa masala. Chunki, yosh bola va kattalarning tana aʼzolari tuzilishi boshqacha boʻladi.
2. Bolada yoʻtal boshlanishi bilan unga har xil antibiotiklar berishni boshlamang! Bola organizmining oʻzi kurashishiga ham qoʻyib bering. Juda koʻnglingiz boʻlmasa mukolitiklar bersangiz boʻladi. Yaʼni balgʻam suyultiruvchilar. Oʻzim eng yaxshi koʻrgan tanlovim bu Linkas shakarsizi.
Ps: bolaligimda yoʻtalsam yoki shamollab qolsam hech narsa qilmaydi deb bogʻchaga, maktabga yuboraveradigan, ha deb dori ichirmaydigan onamdan xafa boʻlardim, menga eʼtibor bermaydilar deb . Ammo, endi onajonimga bir umr cheksiz minnatdorchilik bildiraman, kuchli immunitet uchun.

@BOLALARSHIFOKORI1