Get Mystery Box with random crypto!

MTT BOLAJONLAR UCHUN SHE'RLAR, MAQOL VA TOPISHMOQLAR.

Telegram kanalining logotibi bolajonim_mening — MTT BOLAJONLAR UCHUN SHE'RLAR, MAQOL VA TOPISHMOQLAR. M
Telegram kanalining logotibi bolajonim_mening — MTT BOLAJONLAR UCHUN SHE'RLAR, MAQOL VA TOPISHMOQLAR.
Kanal manzili: @bolajonim_mening
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.20K
Kanalning ta’rifi

📘SHE'RLAR
📙MAQOLLAR
📗HIKOYALAR
📔TOPISHMOQLAR
📒TEZ AYTISHLAR
Admin bilan aloqa boti:
@MTTtarbiyachisiadmin_bot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-25 15:27:54
Курица

Квохчет курица наседка:
- Червяка нашла я деткам!
К дому мчится во весь дух:
- Похвали меня, петух!

#стихи_про_птиц
2.7K views12:27
Ochish/sharhlash
2022-07-25 15:27:54
Кукушка

Вот ещё одна подружка,
А зовут её - кукушка.
Сядет скромно на суку
И кричит: - Ку-ку, ку-ку!

#стихи_про_птиц
2.7K views12:27
Ochish/sharhlash
2022-07-25 10:41:36 SUV QAYERDA YASHAYDI?
Bog' oshib,
Chorbog' oshib,
Goho qirg'oqdan toshib,
O'tib maktab bog'idan,
Qaygadir borar shoshib
Pildir-pildir jilg'acha,
Chuldir-chuldir jilg'acha.
Kunduzi shod qiqirlab;
Jilolanib ming tusda,
O'tib borar ohista,
Mohnoralar bog'idan,
Sayyoralar bog'idan
Pildir-pildir jilg'acha,
Chuldir-chuldir jilg'acha.
Ko'z ilg'amas qush misol,
Tongda chug'urlar xushhol.
Rahshonalar bog'ida,
Jononalar bog'ida
Qiqirlaydi tinimsiz,
Pildiraydi qo'nimsiz.
- Uying qayda? Ayta qol,
Olis ketmay, qayta qol! —
Desak kiprik qoqmasdan,
Yon-veriga boqmasdan
Chopib ketdi ilgari,
Qayda ekan uylari? —
Deya izlay boshladik,
Ne dovonlar oshmadik.
Bog' oshib, Chorbog' oshib,
Hatto bir bor adashib,
Bir zum to'xtamay chopdik,
Oxiri tog' ostida,
Baland qoya pastida
Shaffof uyini topdik.
3.5K views07:41
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:48
Baliq

Baliq suzib yuribdi,
Yo‘lda qarmoq ko‘ribdi.
Och edi uning qorni,
Sezdi undagi nonni.
Tiyolmasdan nafsini,
Urdi xo‘rakka o‘zni.
Qarang, tushdi qarmoqqa,
Ovchi qo‘ygan tuzoqqa.


https://t.me/bolajonim_mening
4.1K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:48 Уег — xazina, suv — gavhar.

Yerni buzadigan ham suv, tuzadigan ham suv.
Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q.

Suv — zar, suvchi — zargar.

Suvning ko'rinishi muloyim, bag'ri esa tosh.
Suvning ozi ham bir balo, ko'pi ham bir balo.
Do'st do'stga boqar, suv soyga oqar.
Oshning ta'mi tuz bilan, suvning t'a'mi muz
bilan.

Suv — hayot manbai.

Suvni bersang elga, yasharsan ming yilga.
Har toycha o'zi suv ichgan bulog'ini maqtar.
Oqar suvning haromi yo'q.

Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
Ko'lmak suvga -— sassiq alaf.

Ko'r ko'rni topar, suv — chuqurni.

Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.

Birov suv topolmaydi ichgani, birov suv
topolmaydi kechgani.

Suvni ming qaynatsa ham quyulmas.

Suv ichadigan qudug'ingga tupurma.

Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.
Suvni ich, chashmani bulg'ama.

Yiroqdagi suv bilan chanqoqlik qonmas.

http://t.me/bolajonim_mening
3.2K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:48 QURBAQA

Men o'sha Qurbaqaman,
Doim vaqa-vaqaman
Turqim xunukroq emish,
Bo'lsa bas menga - yemish

https://t.me/bolajonim_mening
2.9K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:48 TOSHBAQA

Derlar meni Toshbaqa,
Qolqoni g'irt tosh baqa.
Imillabroq yuraman,
Uzoq umr ko'raman.

https://t.me/bolajonim_mening
2.8K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:48 Suv qilib ichvorganman

Eng kichkina ukacham,
Endi borar maktabga.
Baholari yaxshimas,
Qo'shiladi har gapga.
Dadam uki uki dep,
Xunob bo'lib ketdilar,
Ukam hech qilmas gapni
Dadam kimga aytdilar.
Takrorladi dadajonim,
Ukam turdi yovdayin.
Dedi barcha bilimni,
Ichvorganman suvdayin.


https://t.me/bolajonim_mening
2.7K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:47 CHIG'ANOQ

Qutichada asrayman
Hayolim chig'anoqda,
Yotgan ekan u oldin
Qarang, qumli qirg'oqda.
Bobojonim dengizdan
O'ziga olib kelgan,
Quloqqa tutsang uni
Kelar dengiz shovqini.
Shamol to'lqinni quvlar,
Xonada turib, o'rtoq,
Mumkin dengizni tinglash
Bu yer dengizdek shundoq.

https://t.me/bolajonim_mening
2.6K views09:34
Ochish/sharhlash
2022-07-21 12:34:47 OROLIM

— Ey bolajon, bolajon,
Qanday o‘ylar dilingda?
O‘ltiribson parishon,
Bahor yashnar elingda.
— Mehmon g‘ozlarim, ko‘ring,
Tabiat topdi zavol.
Suvsiz qolib daryolar,
Qurib bormoqda Orol.
— Ey, bolajon, bolajon,
Qo‘y, o‘rtanma alamda.
Biz-la yurt kez,
Yo‘llar osh,
Dengiz ko‘p-ku olamda?
— Dengizlar ko‘p,
Ko‘llar ko‘p,
Olam kengdir, kattadir,
Men-chun yurtim yagona,
Ona Orol bittadir.

https://t.me/bolajonim_mening
2.6K views09:34
Ochish/sharhlash