Get Mystery Box with random crypto!

OROLIM — Ey bolajon, bolajon, Qanday o‘ylar dilingda? O‘ltiri | MTT BOLAJONLAR UCHUN SHE'RLAR, MAQOL VA TOPISHMOQLAR.

OROLIM

— Ey bolajon, bolajon,
Qanday o‘ylar dilingda?
O‘ltiribson parishon,
Bahor yashnar elingda.
— Mehmon g‘ozlarim, ko‘ring,
Tabiat topdi zavol.
Suvsiz qolib daryolar,
Qurib bormoqda Orol.
— Ey, bolajon, bolajon,
Qo‘y, o‘rtanma alamda.
Biz-la yurt kez,
Yo‘llar osh,
Dengiz ko‘p-ku olamda?
— Dengizlar ko‘p,
Ko‘llar ko‘p,
Olam kengdir, kattadir,
Men-chun yurtim yagona,
Ona Orol bittadir.

https://t.me/bolajonim_mening