Get Mystery Box with random crypto!

BOLAJONLAR UCHUN

Telegram kanalining logotibi bolajon_sherlar — BOLAJONLAR UCHUN B
Telegram kanalining logotibi bolajon_sherlar — BOLAJONLAR UCHUN
Kanal manzili: @bolajon_sherlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 193
Kanalning ta’rifi

📖Bolajonlar uchun eng sara she'rlar kanali
Kanalimizda:
✅Eng sara rus va o'zbek she'rlari;
✅Eng ajoyib ertaklar;
✅Maktab o'quvchilari uchun qiziqarli materiallar topishingiz mumkin
🥰Admin @Gulnora_Abdurashidovna90
💰Reklama uchun @Gulnora90_bot
02.09.

Ratings & Reviews

1.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 13

2021-02-20 06:44:12 YALPIZ
/Cfebo bog'chadan kelishi bilan oyisi:
— Qizim, yalpiz terib kelsang-chi, ko'k somsa qilib berardim, — dedi.
Zebo savatchasini olib ko'chaga chiqdi. Ariq labiga bordi. Endi yalpiz tera
boshlagan edi, dugonasi Dildora kelib qoldi.
— Nima qilyapsan? - deb so'radi u.
— Yalpiz teryapman, kel, birga teramiz.
— Ho, qo'lim kir bo'lib qolsinmi?
Sal nariroqda ariqdan suv olayotgan qo'shni ayol ularning gapini eshitib qoldi. Paqirni yerga qo'ydi-da, yaqin
keldi.
— Aylanay, qizim, yalpiz teryapsanmi? - dedi Zeboga
va savatchadan yalpiz olib ko'ziga surtdi. — Bahor qanday
yaxshi-ya!
Zebo suyunib ketdi...
Ayting-chi, bolalar, Zebo nega suyundi?
2.6K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:12 PALTOCHA
'ahraton qish. Oynaday muziagan asfalt ko'cha. Uning chetida bir kampir" cfiydiragancha turib, o'tgan mashinalarga q o i ko'taradi. Uzoqdan bo'sh
mashina ko'ringandi, kampir sirg'ana-sirg'ana uning qarshisiga chiqdi. "Volga" g'iyqillagancha siypanib to'xtadi. Kabinadan haydovchining barmoq o'qtalib
bo'g'ilgancha allanima degani eshitildi. Jonholatda kampir mashinaga yopishdi,
yalinib-yolvorgach, basavlat kiyingan haydovchi ilojsiz eshikni ochdi.
— Qayerga borasiz, xolamoyi?
Shartta mashinaga o'tirib olgan kampir uzoqqa imo qildi.
— Vaqtim ziq, xolamoyi. Tushadigan joyingizni ayting.
— Esginam qursin, — deb kampir peshonasiga urdi. U bundan bir soatcha
burun allaqaysi avtobus bekatida sumkasini unutib
qoldirgan ekan, shuni yig'lamoqdan beri bo'lib
gapirdi.
— Sumkada nimalar bor edi, xolamoyi?
— Yangi paltocha, yana boshqa mayda-chuydalar...
— Vey, qoldirgan joyingizda turarmidi. Boshko'zingizdan sadaqa endi. Sumkangizda tilla yo'q
ekan-ku, ishqilib!
Kampirning gumoni oshib, yuragi achishdi:
— Bugun nevaramning tug'ilgan kuni.
Paltochani maktabga kiyib bormoqchiydi.
— O'sha bekatda odam ko'pmidi, xolamoyi?
— U yonimda bir kishi, bu yonimda yelkasiga papka osgan qizaloq o'tiruvdi.
— Ko'rsangiz, taniysizmi o'sha bekatni?
Kampir indamay har tarafga alangladi. Haydovchining toqati toq bo'ldi.
— Ortiq olib yurolmayman ko'chama-ko'cha, xolamoyi. Vokzalga chiqib
ketyapman.
— Tag'in ozroq yur, jon bolam, manavi ko'chaga, — deya turib, kampir
birdan qichqirib yubordi. — Ana, ana shu.
U cho'ntagidan pul chiqardi-da, haydovchining yoniga tashladi. Haydovchi buni bilmaganga olib, kampirni mashinadan tushirdi. Ko'k soyabon ostidagi
skameykada o'n yoshli chamasi qizcha yelkasida papka, tizzasida jigarrang sumkani quchoqlaganicha diydirab o'tirardi. Kampir inqillab-sinqillab bordi-yu,
qizchani bag'riga bosdi. Ko'karib ketgan betlarini silab-siypab:
— Voy, umringdan baraka topkur, tasaddug'ing ketay, bolajonim-e, yaxshiyam sen borsan-a! — deya duo qila ketdi.
— Hali avtobusga chiqayotganingizda ketingizdan sumkani oborgan edim,
qaramasdan ketib qoldingiz, — dedi qizcha.
— Esginam qursin, — deb kampir duxoba paltosi cho'ntagidan bir so'm
chiqarib qizga uzatdi. Qizcha xuddi xunuk narsaga ko'zi tushganday ijirg'andi,
pulni olmasdan kampirning betiga "nima uchun?" deganday kinoyali qarab
qo'ydi-da, yo'lakdan pildirab jo'nadi. Kampir uning ketidan:
— Munchayam orli, tortinchoq bo'lmasang, hoy, qiz, otingni ham aytmading-a, — deb angraygancha qoldi.
1.9K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:12 YAXSHILIK
O^azliddin o'rtog'i Nabi bilan ko'chada o'ynab yurardi. Shu payt qo'shnilari Normamat boboning kelayotganini ko'rib qoldi. Cholning qo'lida tugunchasi ham bor edi. Fazliddin hovliqib, o'rtog'iga kerildi:
— Hozir-chi, men borib Normamat bobomlarga yordam beraman. Bilasanmi... men doim qariyalarga yordam beraman. Meni Normamat bobo juda yaxshi
ko'radilar. Ishonmasang, men bilan yurgin, o'zing ko'rasan.
Bolalarga yaqinlashib kelgan Normamat bobo Fazliddinning so'zlarini eshitdi
chog'i, miyig'ida jilmayib qo'ydi. Fazliddin boboning oldiga yugurib bordi va
uning qo'lidan tugunchasini oldi.
— Bobo, keling yordamlashib yuboray, sizga doim yordam beraman-a? —
so'radi Fazliddin, Nabi eshitishi uchun jo'rttaga baqirib.
— Ha, har doim yordam berasan, — boshini liqillatib tasdiqladi Normamat
bobo.
Fazliddin oldinda, Normamat bobo orqada, yo'lga tushdilar.
Uyiga yetganidan keyin Normamat bobo Fazliddinning qo'lidan tugunchani oldi. Lekin hargalgidek "Barakalla, bo'talog'im, odobli bola ekansan", deb
maqtamadi. Faqat quruqqina qilib: "Rahmat", — dedi va engashib Fazliddinning qulog'iga allanarsalar deb pichirladi. Keyin kulimsiraganicha uyiga kirib
ketdi.
Fazliddin noqulay ahvolga tushib qoldi. Labini tishlab, chap oyog'i bilan
yer chizdi. Uning yoniga yugurib o'rtog'i keldi.
— Ha, nega nafasing ichingga tushib ketdi? — so'radi Nabi. - Normamat
bobo nima dedilar?
Fazliddin boshini ko'tarolmasdi.
— Nega indamaysan?
— Yaxshilik qil, lekin ketidan maqtanib, uni yuvib yuborma, — dedilar
Normamat bobo, — zo'rg'a javob berdi Fazliddin.
1.9K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:12 G'ISHT
ivshanlarning hovlisiga yaqin joyda yangi uy qurilibdi. U taxta devor bilan
o'ralgan, lekin orqasidan odamlar bemalol kirib chiqaverishadi. Ravshan u
yerga sira kirmagan. O'rtoqlari bilan o'ynab yurib, qurilishni ko'rgisi keldi. Dam
olish kuni boigani uchun qurilish huvillab yotibdi.
Ravshan doim "mayna" degan ovoz kelib turadigan haybatli kranning
oldiga yaqin bordi. Uning eng uchiga qaragan
edi, do'ppisi tushib ketdi. Keyin nariroqdagi
tog' barobar uyib qo'yilgan g'ishtlar yoniga
borib, tomosha qildi. Dadasi hovlining etagida
buvisiga uy qurayotgan edi. Uning "G'isht
yetmayapti", — degan so'zlari qulog'iga kirgandi. Mana, g'isht. Shu yerdan olib ketsa
bo'lmaydimi? Hozir uning dadasiga, yangi uyning bitishini anchadan beri kutayotgan buvisiga
rahmi kelib ketdi. O'rtoqlari bilan bittalab tashishsa ham, ancha-muncha tashib qo'yishadi.
Shu fikr bilan Ravshan ikkita g'ishtni ustmaust qo'yib, ko'tarmoqchi edi, og'irlik qildi.
Bittasini olib, pildirab keta boshladi. Lekin besh-olti qadam yurgach, to'xtab
qoldi. Ravshan sal ikkilanib, oldinga yana bir qadam tashladi. Yana to'xtadi.
Birdan esiga televizorda ko'rgan multfilmi tushdi. Birovning polizidan maykasini to'ldirib bodring olgan bola, qorovulning miltig'i, oyisining koyishi...
Ravshan sergak tortdi. Shart burilib, orqasiga qaytdi... G'isht bizlarnikimasku. Men olib ketsam, o'rtoqlarim olib ketsa... Bog'cha opamiz: "Birovning narsasiga tegmanglar", — deganlar-ku!" Ravshan g'ishtni joyiga qo'ydi. Qo'lini
qoqib, o'rtoqlari yoniga yugurib ketdi.
1.9K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:12 DO'ST
G ' Vosirning Mutal akasi — taniqli bokschi. Katta uyning to'ridagi baland
javon u turli mamlakatlarda, turli musobaqalarda qo'lga kiritgan sovrinlar
bilan liq to'la. Mutal akasi ertalab, ko'pincha oqshomlari hovli to'ridagi o'rik
shoxiga osilgan qopni do'pposlab, uncha-muncha odam o'rnidan jildirolmaydigan toshlarni ko'tarib, mashq qiladi.
Nosir bokschining ukasi sifatida g'ururlanishni yoqtirsa-da, lekin akasidek
bokschi bo'lishni hech xayoliga keltirmagandi. Keyin birdan...
Bungacha u avval rassomlikka havas qo'ydi. Olti yoshga toiishi munosabati
bilan onasi sovg'a qilgan rangli qalamlarda og'zini katta ochib, kulib turgan
bolaning suratlarini chizib yurdi. So'ng bog'bonlikka havas qo'ydi. Uning bu
havasi hovli etagidagi gulzordan bir nechta atirgulni chopish bilan yakunlandi.
Bir kuni u uchuvchilarning qahramonliklarini ko'rib, uchuvchi bo'lishga ahd
qildi. Yurganda ham, turganda ham samolyotga o'xshab g'uvillayverib, uydagilarni bezor qildi. So'ng... so'ng bundan ham hafsalasi sovidi. Ana shunday
kunlarning birida u birdan zo'r bokschi bo'lishga qaror qildi. Hovliga chiqib,
o'rik tagiga bordi. Akasidek mashq qilmoqchi edi, bo'yi qopga yetmadi. Kechqurun akasiga dedi:
— Men bokschi boimoqchiman.
— Juda soz, — dedi akasi mamnun jilmayib. — Yaxshi sportchi bo'lish
uchun ko'p mashq qilish, ko'p ter to'kish kerak.
— Mashq qilmoqchi edim, qopga bo'yim yetmadi, — dedi Nosir. Mutal
akasi kulimsiraganicha chorboqqa chiqib ketdi...
Ko'p o'tmay, hovlidan turib ovoz berdi: "Nosir, bu yoqqa kel!".
U akasining yoniga yugurib borib, o'zida yo'q quvonib ketdi. Akasi o'rikka
uning bo'yiga moslab "qop"cha osgandi. Nosir u tutqazgan qo'lqopni shoshapisha kiyib, qopga yaqin bordi-yu, qo'llari o'z-o'zidan shalvirab pastga tushdi.
Qop deb o'ylagani bir paytlar sevimli o'yinchog'i bo'lgan paxmoq ayiqchasi edi. U to'rxaltada "meni urma", degandek shisha ko'zlarini mo'ltiratib turardi.
Nosir o'yinchog'iga birpas qarab turdi-da, akasidan uni olib berishni so'radi.
— Nega? Axir, bu senbop qop-ku! Bemalol mashq qilaver.
— Yo'q! — dedi Nosir jiddiy. — U — mening do'stim!
Akasi o'yinchoqni to'rxaltadan bo'shatishga majbur bo'ldi. Nosir uni bag'-
riga mahkam bosib, uy tomon ketdi
1.9K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:11 QIZIQ ODAM
Ko'rdim qiziq odamni,
Yedi bir qop bodomni.
Yarim chelak ichdi sut,
So'ngra yedi o'nta tort.
Yarim vagon kolbasa
Yo'q bo'libdi, qarasak.
Shundaylikka-ku, shundoq,
Biroq undan mushukcha Baroq
Tilab ololmas uvoq
1.9K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:11 ASIR TUSHGAN CHIGIRTKA
Yasvoy chigirtka tutdi —
Rosa bir soat ketdi.
Qutichaga kiritdi:
— Kuyla, o'rtoqjon, endi!
Jimib qolding, chiqar un,
Chirillarding tun-u kun.
Tushunmayman, ne uchun
Kuylamaysan men uchun?Tor qafasga tushganday
Chigirtka ko'p xafaqon:
— Joyidami hushing, hay!
Qanday kuylay, o'rtoqjon?
Do'stlarimsiz ko'p og'ir,
Tutqunlikda kuylamoq.
Tezroq qo'yib yuborgin
O'tloqzorga, ey, o'rtoq!
Ona o'lkamdan boiak
Aziz joy yo'q, sen tushun!
Mehmon bo'lib kel, ko'plab
Qo'shiq aytay sen uchun.
2.0K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:44:11 YALQOV M U S H U K
Qo'shnimizning mushugi
Yursa-tursa mudraydi.
O'ta yalqov, erinchoq,
Dumin arang sudraydi.
Chunki uyqu band etgan
Uning fikr-u yodini.
Kampir koyir: — Bersang-chi,
Sichqonlarning dodini!
Sichqon so'zlar burchakdan
Sal ko'tarib boshini:
— Mushuk polvon dam olsin,
Uyg'otmanglar shoshilib...
2.0K views03:44
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:42:55
БАХОР ФАСЛИГА ВАПШЕ ДАХШАТ ТУФЛИ ВА КРАСОВКАЛАР КЕЛДИ. ХАММА РАНГЛАРИДАН БОР ХАММАСИ НАЛИЧИДА. ЗАКАЗНИ КУТМИСЛА. ШОШИЛИЛА . БИТТА КИРИБ КЎРИЛА

https://telegram.me/joinchat/AAAAAFQ5Z90pXqyb6cXpVA
1.4K views03:42
Ochish/sharhlash
2021-02-20 06:42:52
4 Xaфтада Сизга Оналик бахтини хадя қилувчи - Сехрли Лусем хақида биласизми?

- Хомиладор булишга қийналяпсизми?
- Овуляцияда узгариш борми?
- Фоликула вактида етилиб ерилмаяптими?
- Гормондаги узгаришлар жойига келмаяптими?
- Хайз циклиз вактида эмасми?
- Гормонал дорилар ичиб фойда курмаяпсизми?
#

"ЛУСЕМ"дан Фойдаланганлар
1чи 30 кун ичида:

87% аёл хомиладор бу́ла олди,
91% хайз тикланишни кайд этди,
90% танадаги гормонал бузилишлар муаммосани бартараф этди,
82% аёл нозик органларининг ялигланиши ва юкумли касалликлардан холос бу́лдилар
Лусем таркиби 100 % табиий ва безиён
Хозирда Аксия Ески Нархи 199.000 cум
Хозирги Нархи - 99.000 sum


Буюртма бериш - bit.ly/3muzmhF
bit.ly/3muzmhF

Махсулот хақида тулиқ малумот олиш - @garantiyali_homiladorlik
2.3K views03:42
Ochish/sharhlash