Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingizga dori olayotganda e’tiborli bo‘ling! Bolangizni | BOLA PARVARISHI

Farzandingizga dori olayotganda e’tiborli bo‘ling!

Bolangizni biror shifokorga ko‘rsatganingizda, dori yozsa, joyining o‘zida o‘sha dorining boshqa analoglari ham bormi deb albatta so‘rang. Odatda keng tarqalgan kasallar uchun dorilarning analoglari albatta bo‘ladi. Vrachlar baʼzida shunday dorini yozadiki, uni bir nechta dorixonadan qidirib zo‘rg‘a topasiz. Qanday qilib nisbatan kengroq tarqalgan kasallik uchun dori faqat sanoqli dorixonada bo‘lishi mumkin? Aqlni ishlating.

Ikkinchidan, har bir analogni internetdan qidiring, qaysi davlatlar ishlatishga ruxsat berganiga qarang. Baʼzida shunday dorini aytishadiki, uni faqat O‘zbekistonda foydalanishga ruxsat berishgan bo‘ladi. Rivojlanganroq, korrupsiya kamroq davlatlarda ruxsat berilgan bo‘lsa, o‘sha analogni olishga harakat qiling. Nomi faqat O‘zbekiston saytlarida chiqqan, faqat O‘zbekistonda ruxsat berilgan dorilardan ehtiyot bo‘ling, ayniqsa, u dorini avval hech qachon olmagan bo‘lsangiz.

Yana bir yo‘li. Agar vrach shu doridan boshqasi yo‘q deb turgan bo‘lsa, boshqa vrachga ham ko‘rsating. Katta ehtimol bilan bunaqa vrachlar yoki ular ishlaydigan klinika va farmatsevtika kompaniyasi o‘rtasida kelishuv bor bo‘lishi mumkin.

Dorixona sotuvchisidan dori tavsiya qilishini so‘rash o‘ta ketgan ahmoqlik. Sotuvchi hech qachon siz uchun masʼuliyatni bo‘yniga olmaydi. Qaysi dorini ko‘proq o‘tkazish kerak bo‘lsa, o‘shani tavsiya qilib yuborishi mumkin.

Davlat fuqarolarning sifatli doriga bo‘lgan huquqini yetarlicha himoya qila olmayotgan ekan, ehtiyot bo‘lavergan yaxshi. Odamlarning vijdoniga ishonish kerak emas, pul uchun har narsadan qaytilmaydigan zamon va makonda yashayapmiz.

Xurshid Yo'ldoshev

Kanalga ulanish: @Bolajon_parvarishi