Get Mystery Box with random crypto!

Bo'lajak Talabalar 📚

Telegram kanalining logotibi bolajak_talabalar_kanali — Bo'lajak Talabalar 📚 B
Telegram kanalining logotibi bolajak_talabalar_kanali — Bo'lajak Talabalar 📚
Kanal manzili: @bolajak_talabalar_kanali
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.64K
Kanalning ta’rifi

📚 Kanalga Xush kelibsiz ✅
✊Bizning kanalimiz bilan "TALABALIK" baxtiga erishing ☄️
Ta'lim sohasidagi barcha muhim va tezkor XABARLAR bizning, keyin boshqa kanallarda 📊
Admin: @Uzb_adminstrator7 🧑‍💻
Reklama: @rek_info

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-03 19:24:55
Noming o'chsin korrupsiya!

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
1.9K viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2023-05-03 12:07:12 YANGI KONSTITUTSIYA

1-maydan kuchga kirgan «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi konstitutsiyaviy qonunning toʻliq matni.

Diqqat: Blokida HUQUQ fani borlarga yangi konstitutsiya bo'yicha savollar tushadi, misol uchun Yurisprudensiya yo'nalishiga.

Tarkibi:
Muqaddima
6 ta bo‘lim
27 ta bob
155 ta modda

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.2K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-05-02 14:27:29
Talabalik - oltin davrim

Barchaga yaxshi kayfiyat!

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
1.4K viewsedited  11:27
Ochish/sharhlash
2023-05-02 08:35:53 Bo'lajak talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

Bo'lajak talabalarga tarqatamiz!

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
1.6K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2023-04-30 16:38:58
Sinfdoshlar

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.5K viewsedited  13:38
Ochish/sharhlash
2023-04-30 07:15:43 SAVOL-JAVOB

Imtihonga bir kun qolganda qanday psixologik tayyorgarlik ko‘rish kerak?

Birinchi o‘rinda to‘yib uxlab olishi kerak. Agar, to‘yib uxlab olmasa insonning bosh miyasi charchagani hisobiga informatsiya ko‘payib ketadi. Shu sabab keyin kerak-keraksiz axborot miyada aylanaveradi. Keyin imtihon vaqti ayni kerak informatsiya saralanib chiqmaydi. Bosh miyada informatsiyalarning saralanishi uchun ham uyqu zarur hisoblanadi.

Bir soat tabiatda sayr qilish kerak. Bu insonning diqqatini jamlashga yordam beradi. Imtihondan oldin imkon qadar kamroq insonlar bilan muloqatda bo‘lib, o‘zi bilan o‘zi bo‘lishi kerak. Xayojon bo‘lsa chuqur nafas olib, chiqarish kerak. Buni 10-15 marotaba takrorlang. Nafas mashqlari Xayojonni yengishda yordam beradi. Bu mashq imtihon kuni ham yordam beradi.

Ota-onalarga eslatma! Farzandingizga ishoning. Bolangizga har qanday vaziyatda u bilan birga ekaningizni ayting. O‘qishga kira olmagan taqdirda ham, boshqa bir qancha variantlar borligini va o‘qish hayotda doim ham oliy maqsad emasligini ayting. Bola ota-onasining qo‘llab-quvvatlashini his qilishi unga kuch beradi.
 
 @mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.0K viewsedited  04:15
Ochish/sharhlash
2023-04-29 13:45:49
Kelajakda kontrakt summasi pasaytirilganlik haqidagi hujjat rasmiylashtirilayotgan vaqt...

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
3.8K viewsedited  10:45
Ochish/sharhlash
2023-04-28 15:43:12 Oʻqishga kirishda beriladigan 41 imtiyoz:

1. Imtihonsiz qoʻshimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish boʻyicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan boʻyicha imtihondan ozod etilib, maʼlum miqdorda ball berish boʻyicha imtiyozlar (5 ta);
4. Toʻplangan ballga nisbatan qoʻshimcha ball berish boʻyicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qoʻshimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish boʻyicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qoʻshimcha imtiyozlar (3 ta).

Shuningdek, reyestrda imtiyozlar tasnifi, imtiyoz berilishiga masʼul vazirlik va idoralar, imtiyoz beriladigan abituriyentlar toifasi hamda imtiyoz berilishida huquqiy asos boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar nomlari keltirilgan.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.4K viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2023-04-28 06:22:51
Dars vaqtida uxlab olmoqchilar uchun AJOYIB Lifehack

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.4K views03:22
Ochish/sharhlash
2023-04-25 19:18:18 Sessiya yaqin qolganda talabalarni aytgan qoʻshigʻi

Bozorga chiqbdi qulpunay
Yetkazdi Xudodan aylanay
Ilinib ilinib olvolay
Domlamni koʻrgani boraman

Kursdoshlarlar yoʻlimni toʻssa ham
Poyimga tikanlar oʻssa ham
Bir pochka (g)ul olib boʻlsa ham
Domlani koʻrgani boraman

Kirsam ham 10 minut kech qolib
Haydamas baqirib dod solib
Darsida uxlamay 5 olib
Domlamni koʻrgani boraman

Domlam domlam domlam domlam
Men oʻqigan kitobni yozgan - Domlam

Aytmaylik kursdoshlar gʻamini
Bildirmay NB lar sonini
Sessiyada olayin koʻnglini
Domlamni koʻrgani boraman

Domlamni yaxshisin oshiray
Dekandan aybini yashiray
Sessiyada mehrini toshiray
Domlamni koʻrgani boraman

5 talash 4 talash qilmayin
Manga koʻp unga oz demayin
Boshini ogʻritib kelmayin
Domlamni koʻrgani boraman

Xammadan yaxshisiz deb atay
Bemehr koʻnglini yumshatay
Aytganin qilib men yayratay
Domlamni koʻrgani boraman

Domlamdur buyukim savlatim
Men uchun goʻyoki davlatim
Yodimga olib men da'vatin
Domlamni koʻrgani boraman

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Abituriyentlari - Abituriyentlar hayotidagi eng muhim xabarlar
2.7K views16:18
Ochish/sharhlash