Get Mystery Box with random crypto!

Bo'lajak Talabalar 📚

Telegram kanalining logotibi bolajak_talabalar_kanali — Bo'lajak Talabalar 📚 B
Telegram kanalining logotibi bolajak_talabalar_kanali — Bo'lajak Talabalar 📚
Kanal manzili: @bolajak_talabalar_kanali
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.64K
Kanalning ta’rifi

📚 Kanalga Xush kelibsiz ✅
✊Bizning kanalimiz bilan "TALABALIK" baxtiga erishing ☄️
Ta'lim sohasidagi barcha muhim va tezkor XABARLAR bizning, keyin boshqa kanallarda 📊
Admin: @Uzb_adminstrator7 🧑‍💻
Reklama: @rek_info

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-12 10:02:08 Taʼlim muassasasida va uning hudida oʻquvchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

oʻzgalarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki ruhiy tazyiq oʻtkazish;
dars mashgʻulotlari vaqtida taʼlim muassasasi hududida sababsiz yurish;
taʼlim muassasasi yoʻlaklari, sinf xonalari, oshxona va kutubxonasida asossiz ravishda baland ovozda gaplashish;
taʼlim muassasasi hududida baland ovozda soʻzlashish, qogʻoz va boshqa chiqindilarni (belgilangan joylardan tashqarida) qoldirib ketish;
muqovasida maʼnaviyatga zid boʻlgan tasvirlar tushirilgan yozuv daftarlaridan foydalanish;
turli narkotik va psixotrop moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish hamda tarqatish;
taʼlim muassasasi hududiga turli xil pirotexnika vositalari, pnevmatik qurollar, oʻtkir kesuvchi va tigʻli buyumlarni olib kelish;
uyali aloqa vositalari orqali “ommaviy madaniyat”, turli xil yot gʻoyalarni targʻib etuvchi va terroristik-ekstremistik xarakterdagi audio va video materiallar hamda pornografik xarakterdagi maʼlumotlarni koʻrish va tarqatish, kiberbullingni oʻtkazish;
uyali aloqa vositalarini boʻyniga osib olishi, koʻylak, shim, yubkalari choʻntaklarida va shu kabilarda saqlash mumkin emas.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
3.3K views07:02
Ochish/sharhlash
2023-05-12 09:51:01 Talabalar - sutemizuvchilar sinfiga kiradi.

3 ta turi bor: 1 - Grand 2- kontrak 3- super kontrak. U asosan 3-4yil, ko'pi bilan 5-7yil umr ko'radi. Yer yuzining institut bor joyda tarqalgan. Faqat mehmonxonalarda uchramaydi. Ko'proq yotoqxonada yashaydi. Doim tayyor ovqat bilan abetlanadi: buxonka, rolton, tuxum sevimli taomi. Ovqat manbayi stipendiya.
O'ziga xos xususiyatlari: o'ta itoatkor, har qancha xo'rliklarga chidamli. 1-2 kun yemay, ichmay, uxlamay yura oladi. Yilda 2 marta katta miqdorda ehson qiladi. So'z boyligi domlani aldashga yetadi. Regeneratsiyasi kuchli: yillik yo'qotilgan vaznni yozgi ta'tilda tiklay oladi.


@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
3.8K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2023-05-11 14:30:10
Endi O‘zbekiston maktablarida arab tili xorijiy til sifatida o‘qitiladi.

Bunda O‘zbekiston Liviya bilan hamkorlik qiladi. Liviya tomonidan arab tilida dars beruvchi o‘qituvchilar uchun oliy ta’lim muassasalarida magistr va ilmiy tadqiqot ta’limi uchun ta’lim grantlari ajratilishi taklifi berildi.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
4.5K viewsedited  11:30
Ochish/sharhlash
2023-05-11 09:57:45
Qingir yo‘llar bilan o‘qishga kirgan Talabalar

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
3.3K viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2023-05-10 18:35:42
Eng ko‘p top universitetlarga ega mamlakatlar (THE reytingi, TOP-1000)

AQSH — 154
Buyuk Britaniya — 94
Xitoy — 49
Italiya — 49
Avstraliya — 44
Hindiston — 38
Ispaniya — 36
Fransiya — 36
Yaponiya — 33
Kanada — 32
Eron — 29
Saudiya Arabistoni — 18
Janubiy Koreya — 18
Tayvan — 16
Rossiya — 15
Shveysariya — 15
Pokiston — 14
Niderlandiya — 13
Misr — 13
Finlandiya — 12

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
4.0K viewsedited  15:35
Ochish/sharhlash
2023-05-10 08:25:34Boshlang'ich ta'lim yo'nalishiga kirish uchun 2022-yilda kamida necha ball kerak edi?

Yo'nalish: Boshlang'ich ta'lim
Ta'lim shakli: Kunduzgi

1. Toshkent davlat pedagogika universiteti
Grant - 167.9 | Kontrakt - 133.5
Grant - 136.5 | Kontrakt - 103.0

2. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Grant - 159.4 | Kontrakt - 121.9
Grant - 119.5 | Kontrakt - 86.0

3. Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
Grant - 160.7 | Kontrakt - 123.5
Grant - 103.8 | Kontrakt - 83.3

4. Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filiali
Grant - 142.9 | Kontrakt - 116.4

5. Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Grant - 130.3 | Kontrakt - 112.3

6. Guliston davlat universiteti
Grant - 142.8 | Kontrakt - 120.5
Grant - 95.6   | Kontrakt - 78.6

7. Jizzax davlat pedagogika instituti
Grant - 145.8 | Kontrakt - 119.8
Grant - 98.6   | Kontrakt - 76.2

8. Navoiy davlat pedagogika instituti
Grant - 151.2  | Kontrakt - 117.4
Grant - 97.9.   | Kontrakt - 75.5

9. Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
Grant - 157.5 | Kontrakt - 120.0
Grant - 99.7  | Kontrakt - 73.5

10. Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti
Grant - 136.6  | Kontrakt - 115.3
Grant - 95.7    | Kontrakt - 77.8

11. Namangan davlat universiteti
Grant - 142.9 | Kontrakt - 117.2 ball
Grand - 96.4   | Kontrakt - 77.9

12. Qo‘qon davlat pedagogika instituti
Grant - 147.0 | Kontrakt - 118.8
Grant - 98.8   | Kontrakt - 78.5

13. Farg‘ona davlat universiteti
Grant - 156.4 | Kontrakt - 119.8
Grant - 105.0 | Kontrakt - 83.1

14. Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Grant - 147.0  | Kontrakt - 117.7
Grant - 108.2  | Kontrakt - 78.5

15. Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti
Grant - 138.6 | Kontrakt - 115.5
Grant - 90.9   | Kontrakt - 78.0

16. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Grant - 132.3 | Kontrakt - 114.3

17. Urganch davlat universiteti
Grant - 154.3 | Kontrakt - 140.6
Grant - 106.9 | Kontrakt - 83.9

18. Nukus davlat pedagogika instituti
Grant - 148.9 | Kontrakt - 121.6
Grant - 128.3 | Kontrakt - 93.4

Siz ham O'zbekistondagi istalgan ta'lim yo'nalishlari uchun 2022-2023 o'quv yilidagi o'tish ballarini @mandatlar_robot orqali "shes sekundda" bilishingiz mumkin!

Boshlang'ich ta'lim yo'nalishiga kirmoqchi bo'lgan abituriyentlarga yuborib qo'ying!

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
3.8K viewsedited  05:25
Ochish/sharhlash
2023-05-09 15:09:04 Yiqildingmi? Nima bo'pti? O'rningdan tur va harakatni davom et!

"Sen buni qilolmaysan" deyishyaptimi? Nima bo'pti? O'rningdan tur, ularga dalillarni ko'rsat (agar kerak bo'lsa) va o'z tarixingni yozishga kirish!

Ular "boshqalar sendan kuchliroq" deb aytishdimi? Shuning uchun ular o'sha "boshqalarga" murojaat qilishsin. Seni bilganlar seni yoningda qoladi!

Taslim bo'lmoqchimisan? Mumkin emas! Yana bir bor, nima uchun hayotingda ushbu maqsadni qo'ygansan, ko'rib chiq!

Sen o'zligingda qol va maqsading sari intilishni to'xtatma!

Ushbu postni do'stlaringga ham yubor!

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.7K viewsedited  12:09
Ochish/sharhlash
2023-05-09 10:57:05 Talaba kafega kirsa, dekan tushlik yeb oʻtirgan ekan. Talaba dekanni yoniga borib:
— Domlajon, maylimi siz bilan bir stolda oʻtirib, ovqatlansam? - desa, dekanni jahli chiqib:
— Qayerda koʻrgansan burgut bilan kalamushni birga ovqat yeb turganini, - debdi.
Shunda talaba bir kulib qoʻyibdi-da:
— Unda siz ovqatingizni yeyavering, men uchib ketaqolay, - dermish


@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
2.6K viewsedited  07:57
Ochish/sharhlash
2023-05-04 18:03:00
#kayfiyat

Yotoqxonadan salomlar)

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
1.6K viewsedited  15:03
Ochish/sharhlash
2023-05-04 12:07:04 Xotin-qizlar uchun foizsiz taʼlim kredit ajratish tartibi.

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga koʻra, toʻlov-kontraktda oʻqiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladigan boʻldi.

Kredit kimlarga beriladi?

Oʻzbekistondagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);
Oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).

Qaysi taʼlim shakliga beriladi?

Kunduzgi;
Sirtqi;
Kechki.

Masofaviy taʼlimga berilmaydi.

14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

Toʻgʻri, taʼlim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar toʻlamaydi, davlat toʻlab beradi. Aniqrogʻi Moliya vazirligi huzuridagi Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat taʼlim kreditining asosiy qismini toʻlaydi xolos.

Toʻlash qachondan boshlanadi?

Taʼlim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng ettinchi oydan boshlab (yaʼni olti oy oʻtib) 7 yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln soʻm taʼlim krediti olinsa, oʻqishni tugatgandan soʻng, 6 oy oʻtgach 7 yil mobaynida oyma-oy 83 ming soʻmdan toʻlab boriladi.

Qanday hujjatlar kerak?

bankka ariza;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
taʼlim muassasasi bilan toʻlov-kontrakt shartnomasi;
talabaning doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan oila aʼzolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat.

“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan taʼlim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz
1.7K viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash