Get Mystery Box with random crypto!

Talaba bu - ... — O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevg | Bo'lajak Talabalar 📚

Talaba bu - ...

— O‘zi makaron, gorox sho‘rva ichsa ham, sevgan qizini qimmat kafelarga olib boradigan jentelmen!

— Hech bir fandan daftar tutmasdan, 150 ming so‘mlik portfel ko‘tarib yuradigan, ichida yo‘l kira uchun 1400 so‘m solib qo‘yadigan 120 ming so‘mlik klach sotib oladigan olifta!

6 oy umuman dars qilmasdan, bir kecha-kunduzda 6 oylik ma’ruzani ko‘chirib chiqa oladigan professor!

Hisobidan bir sent bo‘lmasa ham, eng so‘nggi rusumdagi Iphone ishlatadigan boyvachcha!

Dars qilib o‘tirib ham quloqchinlarda ashula eshitadigan, ham ma’ruzani ko‘chiradigan, ham internetda o‘tirib yozisha oladigan Yuliy Sezar

Atigi 500 ming so‘m stipendiya olib, 10 million so‘m kontrakt to‘laydigan sahiy odam!
P/s: reaksiya qoldiring :)

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz