Get Mystery Box with random crypto!

Imtihon arafasidagi stress nima? Har bir kishi o'z hayotida | Bo'lajak Talabalar 📚

Imtihon arafasidagi stress nima?

Har bir kishi o'z hayotida eng kamida bir marta jiddiy imtihon topshiradi va imtihon yaqinlashgan sari o'zida paydo bo'layotgan noodatiy hislarni sezadi. Bu albatta tabiiy holatdir.

Agar bu jarayonni faqat o'zingizni individual xususiyatlaringiz bilan bog'liq deb o'ylasangiz, yanglishasiz. Imtihondan oldingi stressning yuzaga kelish sabablari turlicha bo'lishi mumkin. Quyida shulardan ba'zilarini keltirib o'tamiz.

Eng asosiy sabab – imtihonga jiddiy yondashmay, yuzaki tayyorlangan bo'lsangiz, uning mohiyatini bor bo'yicha tushunganingizdan keyin stressga tushishingiz tabiiy hol.

Bu holat ayniqsa maktablarda , o'qituvchilarning uslubiy xatosi tufayli sodir bo'ladi: o'quvchiga yordam va motivatsiya berish o'rniga unga tazyiq o'tkazish – albatta salbiy stressni yuzaga chiqaradi.

Yaxshi dam olmaslik. Ko'pchilik shu omil tufayli aziyat chekadi. Yaxshi xordiq chiqarmaslik oqibatida kishi o'z fikrini jamlab olishi qiyin bo'ladi va hayajonlanib, stressga tushadi.

Eng oddiy sabab – tajribasizlik. Umrida birinchi marta jiddiy imtihonga kirayotgan inson kuchli hayajonga berilishi tabiiy hol.

Siz o'zingizni stressingiz sababini qaysi deb bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring

@mandatlar_robot - Yo'nalishlar va kirish ballari
@Bolajak_talabalar_kanali - Talabalik orzusiga birgalikda erishamiz