Get Mystery Box with random crypto!

FARZAND TARBIYASI 🌙

Telegram kanalining logotibi bola_tarbiyasi — FARZAND TARBIYASI 🌙 F
Kanaldagi mavzular:
Audio
Рекорд
Молодец
Telegram kanalining logotibi bola_tarbiyasi — FARZAND TARBIYASI 🌙
Kanaldagi mavzular:
Audio
Рекорд
Молодец
Kanal manzili: @bola_tarbiyasi
Toifalar: Taʼlim , Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 96.01K
Kanalning ta’rifi

🌱 Farzand tarbiyasiga beeʼtibor boʻlmagan ota-onalar uchun maxsus!
Hamkorlik uchun: @bola_tarbiyasi_reklama
Instagram:
http://Instagram.com/bola_tarbiyasi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 461

2021-12-14 08:35:08 Bir necha kun avval obunachilarga murojaat qilgandim. Sadaqai joriya boʻladigan ishga biroz eʼtibor qaratilishi uchun. Alhamdulillah beetibor boʻlmaganlar bor ekan. Shu 5 kun ichida 10.000 (oʻn ming) soʻm miqdorida pul oʻtkazildi. Alloh barakasini bersin
10.3K views05:35
Ochish/sharhlash
2021-12-14 07:07:02
Bolalarni asabiyligiga sabab!

Oilaviy muhit farzand tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega.

Siz xotiningiz yoki eringiz bilan goʻzal suratda hayot kechirsangiz InshaAlloh farzandlaringizni yaxshi tarbiyalashda qiyinchilik koʻrmaysiz.

@bola_tarbiyasi
12.5K views04:07
Ochish/sharhlash
2021-12-14 05:34:03
Seshanba tongi muborak boʻlsin!

Bugun savobli amallarga ilhomlantirib, gunohlardan tiyilib, orzularimizga erishishimizda Oʻzi koʻmakchi boʻlsin

@bola_tarbiyasi
2.6K views02:34
Ochish/sharhlash
2021-12-13 17:07:02 Танбеҳул ғофилин китобидан

12-Боб: Фарзанднинг ота-онадаги ҳаққи


Учта амал киши вафотидан кейин ҳам садақаи жория бўлиб қолади. Шулардан бири солиҳ фарзанд

Суҳандон: Омар Халил

@bola_tarbiyasi
6.5K views14:07
Ochish/sharhlash
2021-12-13 15:06:02
Farzandlarga qanaqa munosabatda boʻlish kerak?

@bola_tarbiyasi
8.6K views12:06
Ochish/sharhlash
2021-12-13 13:07:01
Фарзанд тарбияси сари илк қадам (1-қисм)

Исҳоқжон домла Бегматов

@bola_tarbiyasi
9.3K views10:07
Ochish/sharhlash
2021-12-13 11:06:02
#Haqiqat | #Tabassum

Alloh bergan bu neʼmatni baʼzida shukrini ado etolmay qolamiz. Dam olgani qoʻymaslikda ayblaymiz.
Shunday vaziyatlarda tirnoqqa zor boʻlganlarni bir bora eslashni oʻzi kifoya qiladi.

Sizni ham shuncha erkalik va injiqliklaringizni koʻtarib, katta qilgan ota-onangizni eslab, ularda sizda bor sharoitlar yoʻq davrda ham eplashganini yodga oling.

@bola_tarbiyasi
11.2K views08:06
Ochish/sharhlash
2021-12-13 09:06:02
«Uy ishlaridan ortmayman»

Izohlarda eng koʻp yoziladigan soʻzlardan biri aynan shu. Vaqt ajratolmasangiz qanday qilib sizni bolangiz qori boʻlsin, qanday qilib olim boʻlsin, qanday qilib biror sohaning yetuk mutaxassislari yoki dunyodagi jamiyki ummatga foydali inson boʻlsin!?

Har qanday buyuk shaxslar ortida buyuk ayollar boʻladi. Siz farzandingizni buyuk inson qilmoqchimisiz? Unday boʻlsa oʻzingiz ham buyuk ish qiling! Siz qiladigan eng buyuk ish tarbiyaga vaqt ajratmoq!

Uy ishlarini ham qiling. Bola ozoda va sarishta xonadonda katta boʻlsin. Darsiga, oʻyinlar oʻynashiga, toza havoda sayr qilishiga, til oʻrganish va oʻzini qiziqtirgan mashgʻulotlariga ham sharoit ham vaqt toping.

Albatta bu oson emas. Natijasi ham shunchaki oddiy boʻlmaydi. InshaAlloh buyuk natija va buyuk shaxs boʻlib yetishadigan farzand boʻladi.

@bola_tarbiyasi
10.9K views06:06
Ochish/sharhlash
2021-12-13 07:32:55
“Bilmayman!”

Juda koʻp savol berish bolalarga xos odat. Ularning savollariga erinmasdan javob bering. “Bilmayman!” degan javobni dunyodagi eng bilimli insonlar deb hisoblagan ota-onasidan eshitgan bola uchun bu juda qattiq zarba hisoblanadi. Ayniqsa, javobni tarbiyachisidan yoki boshqa birovdan eshitgan bolaga bu yanada ayanchliroqdir. Endi uning nazarida ota-onasidan ham aqlli insonlar bor. Siz bunga qanday qaraysiz?

Agar bolaning savoliga rostdan ham javobni bilmasangiz unda "kel xozir shu savol javobini birgalikda topamiz", "voy aqlingga kelgan savolni qara, bunday qiyin savollarni aqilli bolalar oʻylab topishadi! Buni javobini senga kechki payt aniqlab beraman" desangiz ham boʻladi!

@bola_tarbiyasi
11.2K views04:32
Ochish/sharhlash
2021-12-13 05:07:02
#Nonushta

Ushbu nonushtani uydagi bor mahsulotlardan tayorlasangiz boʻladi. Bolalarga juda ham yoqishi aniq!

Ha, aytgancha! Farzandingiz maktabga ketayotganda ham tayorlab bersangiz boʻladi. Tushlik vaqti oʻrtoqlari bilan baham koʻradi

@bola_tarbiyasi
10.8K views02:07
Ochish/sharhlash