Get Mystery Box with random crypto!

«Uy ishlaridan ortmayman» Izohlarda eng koʻp yoziladigan so | FARZAND TARBIYASI 🌙

«Uy ishlaridan ortmayman»

Izohlarda eng koʻp yoziladigan soʻzlardan biri aynan shu. Vaqt ajratolmasangiz qanday qilib sizni bolangiz qori boʻlsin, qanday qilib olim boʻlsin, qanday qilib biror sohaning yetuk mutaxassislari yoki dunyodagi jamiyki ummatga foydali inson boʻlsin!?

Har qanday buyuk shaxslar ortida buyuk ayollar boʻladi. Siz farzandingizni buyuk inson qilmoqchimisiz? Unday boʻlsa oʻzingiz ham buyuk ish qiling! Siz qiladigan eng buyuk ish tarbiyaga vaqt ajratmoq!

Uy ishlarini ham qiling. Bola ozoda va sarishta xonadonda katta boʻlsin. Darsiga, oʻyinlar oʻynashiga, toza havoda sayr qilishiga, til oʻrganish va oʻzini qiziqtirgan mashgʻulotlariga ham sharoit ham vaqt toping.

Albatta bu oson emas. Natijasi ham shunchaki oddiy boʻlmaydi. InshaAlloh buyuk natija va buyuk shaxs boʻlib yetishadigan farzand boʻladi.

@bola_tarbiyasi