Get Mystery Box with random crypto!

Kechki tahminan 7 yarimlar edi, o’qishdan qaytar chog’larim. A | Bobur Hoshimov — Blog

Kechki tahminan 7 yarimlar edi, o’qishdan qaytar chog’larim. Avtobusga chiqdim. Yo’l juda pik holatda. Muommolar yetarli edi, ularni o’ylab ketish davomida avtobus to’satdan tormoz berdi. Avtobusdagi turgan insonlarning barchasi yiqildi, o’tirgan insonlar kamida oldidagi o’rindiqqa oyoqlarini qoqib ustiga chiqib ketay dedi. Bir ayol dod deb o’rnidan turolmay qoldi, oyog’i chiqib ketganini aytib baqir-chaqir qilib hammani vahimaga qoldirdi. Hamma nima bo’lganiga hayron avtobus o’chib qoldi. Eshiklar qulflanib qolgan. Haydovchi shokda odamlar avtobusdan tushishga oshiqishyapti. Lekin hech kimni hayoliga umrini oxirigi kuni shu bo’lishi mumkinligi o’ylab shahodat kalimasini qaytargani yo’q(balki tinchigandan keyin aytgandur), hamma, haydovchi va avtobusni qarshisiga chiqib kelgan avtomobilni yomonlay va so’ka boshlashdi. Boyagi ayolni faryodi borgan sari oshib borardi. Haydovchi oldiga to’g’ri chiqib kelgan mashina bilan kelishib oldi. Haydovchi mashinani yurgiza boshladi. Hamma jim faqat o’sha ayolni yig’isi eshitilardi xolos.

Bu hodisadan oldin telefonimdagi “keraksiz ilovalar”ni qidiryotgandim, o’chirish uchun. Ilovalar orasida QuranMajeed’ga ko’zimga tushib, ancha bo’ldi ishlatmaganimga menimcha o’chirib yuborsam bo’ladi deganimda o’sha halokat sodir bo’ldi. Alloh shunaqa vaziyat yaratdiki shu vaziyat hayolga kelganida buni ta’svirlash qiyin. Ichimda o’zimdan boshqa hech kim bilmas edi, nimalar o’tayotganini. Oxirat borligini yaratgan shunday eslatib qo’ydi.

@boburhoshimov_blog