Get Mystery Box with random crypto!

Universitetga kirib o’qish - bu 4 yil, maktabda 11 yil qilgan | Bobur Hoshimov — Blog

Universitetga kirib o’qish - bu 4 yil, maktabda 11 yil qilgan o’qituvchilaringa muomilangni prafessorlarga shuni takrorlab yurish degani.

Sendagi 4 yil - kayfini qilib kursdoshlaring bilan aylanib oxirida diplom bilan kalla do’m-do’m holida chiqib ketish kerak degani.

Universitet senga 4 yil ichida ish ham “taxt”, bitirganingda lyuboy joyga borsang quchoq ochib kutib oladi, vaqtingni ijtimoiy tarmoqda kursdoshalaring bilan borgan joylaringni joylab borivursang ham bo’ladi degani.

Universitet senga bergan 4 yilni yana bironta soha yoki o’zingni sohangda amaliyot qilishinga sarflama, arzimaydi, kerak emas boshingni qiynab nima qilasan.

Universitet kelajakda o’zing uchun portfolio tahlashinga vaqt bergan bo’lsa ham, sen bugun “magic city”ga borsammikan “toshkent city”ga borsammikan deb o’yla. Ish seni kutib turibdi voshshem buni o’ylab siqilma.

Sen 4 yilda o’qimagandan ham, o’qimagan omi bo’lib chiq. Senga axir shu kerak edi-ku. Sen shuni orzu qilib kelgansan. Orzuyinga erishishda davom et. Ey kelajakni enasini emsin o’ylama sen boshingni qotirma o’ylab!

@boburhoshimov_blog