Get Mystery Box with random crypto!

Menda ba'zi savollar tug'ildi bu maqolani o'qigach: 1. Sen ka | Bobil kutubxonasi

Menda ba'zi savollar tug'ildi bu maqolani o'qigach:

1. Sen katta bir Muaytay federatsiyasining matbuot rahbarisan. Nega inglizcha bilmaysan? Qishlog'ingdan kelgan kuning tog'ang seni u yerga boshliq qilib qo'ymaganini qayerdan bilamiz?

2. Inglizcha bilmay bir davlatga ketyapsan butun boshli jamoani olib. Chet eldagilar qaysi tilda gapirishini nahot bilmasang? Ular sening hamqishlog'ing emas-ku?

3. Sport vazirligida hamm kottakon tog'alari sabab mansabga o'tirgan potensial traktorchilar nega tarjimonga pul ajratmabdi? Xodimlaringning inglizcha bilmaydigan johil ekanligini bilasan-ku?

Yana bular tarjimonga vatanga xizmat qilding, deyishibdi. Vatan u tarjimonga qanday xizmat qilibdi? O'zi u tarjimon vatani unga odamdek imkon yaratmagani uchun Malayziyada o'qimayaptimi? Sen o'zingning kolxoz zehning bilan bu haqida qanday qaror chiqaryapsan, bolam? Vatanga xizmat qilishdan avval vatan bizga xizmat qilmaydimi?
Gap tarjimonda ham emas. Uning o'rniga farrosh yo oshpaz bo'lsa ham, pulini bermaslik nima degani? Bu yer enangni uyi emas-ku?

Qisqasi, maqolani o'qinglar. Tarjimonga Malayziyada pulini bermay qochib ketgan muaytay federatsiyamiz bor ekan. :)

@bobil_kutubxonasi

https://kun.uz/news/2022/08/30/xizmat-pulli-ekanini-bilmagandik-ozbekiston-muaytay-federatsiyasi-malayziyada-tarjimonning-haqini-bermagan