Get Mystery Box with random crypto!

Agar oliy ta'lim vaziri bo'lib qolganingizda birinchi qilgan i | Bobil kutubxonasi

Agar oliy ta'lim vaziri bo'lib qolganingizda birinchi qilgan ishingiz nima bo'lgan bo'lardi?

Meniki, masalan kirish imtihonlarida esse joriy qilardim.
Har kim o'z rejalari, nega o'qimoqchiligi haqida esse yozsin. Ham, maktab attestatlaridagi baholariga e'tibor berilishi, ham IQ testi olinishi kerak. IQ'si orangutannikidan biroz baland, lekin yodlashi yaxshi bo'lgani uchungina talaba bo'lganlar bor.
Testni olib tashlar, o'rniga fikrlashga undovchi savol berib, baholatardim.
Masalan, tarix imtihoni:

1. Boburning Hindistonga ketishidan keyingi O'rta Osiyo ahvoli va Shayboniyxon hukmronligi haqida qanday fikrdasiz?
Shunda shpargalka ham bo'lmasdi.
Albatta, bunda baholashdagi holislik ham muhim.

Endi siz javob bering.

@bobil_kutubxonasi