Get Mystery Box with random crypto!

Bizning davrlarda faqat bitta universitetga hujjat topshirish | Vashington kundaligi

Bizning davrlarda faqat bitta universitetga hujjat topshirish mumkin edi. Imtihon natijasini bilish uchun universitetingizga (uzoq yo'l bosib viloyatdan Toshkentga) borishingiz, tumonat odam orasida devorga ilib qo'yilgan qog'ozdagi ro'yxatga termulib, o'z raqamingizni qidirishingiz kerak bo'lardi.

Hozir tizim ancha o'zgaribdi, ancha yaxshilangan. Imtihonlar, adashmasam, bir necha kun davomida o'tkazilyapti va bir emas, bir nechta universitetga bir paytda hujjat va imtihon topshirishingiz mumkin.

Bundan ham qulayi - imtihon natijasini, qabul qilingan-qilinmaganingizni uyingizda o'tirib bemalol bilishingiz mumkin.

Mana, Amerikadan turib jiyanimning imtihoni natijalarini ko'rib o'tiribman. Farg'ona davlat universitetiga Matematika yo'nalishi bo'yicha davlat granti asosida qabul qilinibdi.

Barakalla, Vasilaxon! Bilimingiz, martabangiz bundan ham ziyoda bo'lsin!

@bmamadiev