Get Mystery Box with random crypto!

AQSh Prezidenti Jo Baydenning yangi qarori bilan yiliga 150 mi | Vashington kundaligi

AQSh Prezidenti Jo Baydenning yangi qarori bilan yiliga 150 ming dollargacha daromad oladigan odamlarning talabalik davrida olgan va hali to'lab tugatilmagan ta'lim kreditlaridan 10 ming dollargacha bo'lgan qismi bekor qilinmoqda. Agar ta'lim krediti federal hukumatning "Pell Grants" dasturidan olingan bo'lsa, qarzning 20 ming dollargacha bo'lgan qismidan voz kechiladi.

Bu qarordan 43 million odam naf ko'rishi aytilyapti. 20 millionga yaqin sobiq talaba u orqali butunlay qarzidan qutiladi.

Shuningdek, ta'lim kreditlari uchun oylik to'lovlarni va ularning foizini to'xtatib turish chorasi yil oxirigacha uzaytirildi. Bu chora koronavirus pandemiyasi paytida yo'lga qo'yilgan edi. Bundan tashqari, bakalavr darajasi uchun qarz olganlar har oy ta'lim krediti to'lovi uchun maoshining faqat besh foizini ishlatish imtiyoziga ega.

Hisob-kitoblarga ko'ra, talabalarning 10 ming dollar qarzidan voz kechish birinchi yilning o'zida AQSh hukumatiga 300 milliard dollarga tushadi.

@bmamadiev