Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar nima deydi? Tan olavering, koʻpchiligimizga shunday | BIR FOIZLAR | BLOG

Odamlar nima deydi?

Tan olavering, koʻpchiligimizga shunday oʻy doim hamroh boʻladi. Biron ishni boshida turganda, kiyim tanlayotganda va boshqa mayda-chuydalarda...

Aslida bu “Odamlar men haqimda nima deb oʻylaydi” deb oʻylash tanamizdan katta energiyani chiqarib yuborar ekan.

Bilsangiz, ayollar hissiyotga boy boʻlgani uchun ham erkaklarga nisbatan energiyali boʻladi. Biz esa shunday kuch-quvvatimizni shu kabi uncha muhim boʻlmagan narsalarni oʻylashga sarflab yuborar ekanmiz...

Unutmang, odamlar yaxshi boʻlsangiz ham, yomon boʻlsangiz ham nimalarnidir gapiradi. Shunday ekan, energiyangizni oilangizni yanada goʻzal va farovon qilishga, ishingizni rivojlantirishga hamda atrofdagilarga yaxshilik ulashishga sarflang!

@birfoizlar