Get Mystery Box with random crypto!

Umumiy tavsifi: nav o‘rta bo‘yli, o‘simlik bo‘yi 80-85 sm. yot | Biodrip | Har tomchidan daromad!

Umumiy tavsifi: nav o‘rta bo‘yli, o‘simlik bo‘yi 80-85 sm. yotib qolishga chidamli. O‘rtakechpishar. Tur xili Lutescens (qiltiqsiz). Doni qizil, yirik, ovalsimon uzunchoq shaklda.
Hosildorligi: navning hosildorligi yuqori, potensial hosildorligi gektaridan 110 sentner. 1000 dona don vazni 40-43 gr.
Nonboplik xususiyatlari: donining sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha “qimmatbaho” bug‘doylar guruhiga kiradi.
Kasalliklarga chidamliligi: nav tabiiy sharoitda qo‘ng‘ir zang kasalligiga o‘rtacha beriluvchan, sariq zang kasalligiga chidamli, septorioz, barg sariq dog‘lanish kasalligiga o‘rtacha beriluvchan, qishga, sovuqqa o‘rtacha chidamli, qurg‘oqchilikka chidamliligi yuqori.
Ekish muddatlari: mintaqa uchun maqbul muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
Ekish meʼyori: maqbul muddatlarda ekilsa 5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida bo‘ladi.

#foydali #bugdoy

Obuna bo'ling:

WEB SAYT | BIODRIP |INSTAGRAM