Get Mystery Box with random crypto!

Bug‘doyning “Davr”, “Yuka” navlarini ekish agrotexnologiyasi q | Biodrip | Har tomchidan daromad!

Bug‘doyning “Davr”, “Yuka” navlarini ekish agrotexnologiyasi qanday bo‘ladi?

Kuzgi yumshoq bug‘doyning “Davr” navi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida yaratilgan.
Umumiy tavsifi yarim pakana bo‘yli poyasi tikka o‘sadi, bo‘yi 80-85 sm, poyasi yotib qolishga chidamli. Lutescens (qiltiqsiz) tur xiliga mansub, o‘rta pishar, tuplanishi va mahsuldor poyalar shaklanishi yuqori. Boshog‘i silindrsimon, boshoqda boshoqchalar zich joylashgan, boshoq uzunligi o‘rtacha, har bir boshoqda 16-19 tagacha boshoqcha hosil qiladi.
Hosildorligi: navning don hosildorlik potensiali yuqori, o‘rtacha hosildoriligi gektaridan 80,0-100 sentnerni tashkil etgan. Un va nonboblik sifati: 1000 dona don vazni 41-43 g., don naturasi 760-800 g.l. Mineral o‘g‘itlar nisbati to‘g‘ri qo‘llanilganda qimmatbaho donni shakllantiradi.
Kasalliklarga chidamliligi: dala sharoitida qo‘ng‘ir va sariq zang, septarioz kasalliklariga chidamli.
Nonboplik xususiyatlari: nav “qimmatbaho” don berib, nonbopligi yaxshi.
Ekish muddati: navni mintaqa uchun maqbul kechki muddatlarda ekish tavsiya etiladi.
Ekish meʼyori: 3,5-4.5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekish tavsiya etiladi.
Kuzgi yumshoq bug‘doyning “Yuka” navi “P.P.Lukyanenko nomidagi Don milliy markazi” olimlari tomonidan yaratilgan.

#foydali #bugdoy

Obuna bo'ling:

WEB SAYT | BIODRIP |INSTAGRAM