Get Mystery Box with random crypto!

​ Termin: Masshtab iqtisodi (katta miqdorda ishlab chiqarish | Bilim Dayjest - Terminologiya

Termin: Masshtab iqtisodi (katta miqdorda ishlab chiqarish orqali)

Ta'rif:
Masshtab iqtisodi deyilganda, korxona ko'proq mahsulot birliklarini ishlab chiqarish orqali (kattaroq masshtabda) erishishi mumkin bo'lgan xarajat tejashlishlari nazarda tutiladi.

Bu esa, korxonalarga o'zgarmas xarajatlarini kattaroq mahsulot hajmiga yoyish imkonini beradi. Mahsulot hajmi ortishi bilan mahsulotning o'rtacha tannarxi pasayadi.

Misol:
Kichik tekstil sohasidagi biznes bir kunda 1000 dona futbolka ishlab chiqara oladi. Biznes yurishi uchun, kunlik 500$ umumiy harajat qilinadi. Har bir futbolkaning tannarxi, doimiy va o'zgaruvchan harajatlari xisoblanganda 2$ tashkil etadi. Demak:

- 2$*1000 dona futbolka uchun = 2000$ kunlik harajat ketayotgan bo'lsa
- 500$ o'zgramas harajat / 1000 dona futbolka = 0.5$
- 2$ tannarxining 0,5$ qismi har bir mahsulot ustidagi kunlik o'zgarmas harajat
- 2$ tannarxining 1,5$ qismi har bir futbolka tikilishi uchun ketmoqda

Agar korxona yangi kuch jalb qilmasdan, o'zgarmas harajatlarni orttirmay kuniga 2000 dona futbolka tika olsa:
- 500$ o'zgarmas harajat / 2000 dona futbolka = 0.25$
- Har bir mahsulot ustidagi kunlik doimiy harajat 0.25$ tushadi
- 0.25$ + 1.5$ = 1.75$ har bir futbolkaning yangi tannarxi bo'lib qoladi

Natijada:
2$ (Eski tannarx ) - 1.75$ (Yangi tannarx) = 0.25$ Katta miqdorda ishlab chiqarish orqali tejaldi