Get Mystery Box with random crypto!

BFRUZ

Telegram kanalining logotibi bfruz — BFRUZ B
Telegram kanalining logotibi bfruz — BFRUZ
Kanal manzili: @bfruz
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27
Kanalning ta’rifi

Reklama bo'yicha: @Bfruz_ads

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-14 10:26:16
• Freelancer Kim?

Frilanser soʻzi inglizchada "freelancer — shtatsiz ishchi, xususiy mutaxassis maʼnosini anglatadi.
Xo'sh internetda pul ishlash uchun nima qilish kerak? Eng avvalo, foydali xizmat turlarini o'rganishingiz kerak.

Masalan: sayt yaratish va yuritish, fotoshop, ijtimoiy tarmoqlarda guruhlarni yuritish, sayt va guruhlarni rivojlantira olish, SMM hamda shunga o'xshash xizmatlar.
Xullas, qiladigan ishingiz buyurtmachi uchun foydali bo'lsa bo'ldi.

Hozir internet orqali online pul topish ommalashib bormoqda!

Kanalimiz: https://t.me/Bfruz
7.4K views07:26
Ochish/sharhlash
2022-09-10 06:17:30
• Wifi Xaqida batafsil

Wi-Fi (Wireless Fidelity) IEEE 802.11 standartlariga asoslangan qurilmalarga ega simsiz mahalliy tarmoq texnologiyasidir.
Wi-Fi logotipi Wi-Fi Alliance kompaniyasining savdo belgisidir. Wi-Fi qisqartmasi ostida (inglizcha Wireless Fidelity [2] iborasidan, so'zma-so'z "simsiz aniqlik" deb tarjima qilinishi mumkin) hozirda radiokanallar orqali raqamli ma'lumotlar oqimini uzatish uchun standartlarning butun oilasi ishlab chiqilmoqda.
Asosiy Wi-Fi diapazonlari 2,4 gigagertsli (2412-2472 MGts), 5 gigagertsli (5160-5825 MGts) va 6 gigagertsli (5955-7115 MGts).
Wi-Fi signali past uzatish quvvatida ham millar davomida uzatilishi mumkin, lekin oddiy Wi-Fi routerdan uzoq masofadagi Wi-Fi signalini olish uchun yuqori daromadli antenna (masalan, parabolik antenna yoki Wi -Fi quroli) kerak.

https://t.me/Bfruz
9.6K views03:17
Ochish/sharhlash
2022-09-07 07:15:43
•Marketing Xaqida✓

Marketing (bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. Marketing atamasi isteʼmolga XIX asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida XX asr boshlarida Amerika Qoʻshma Shtatlarida ilk bor qoʻllanildi.
Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar hukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obʼyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi.

•Mutaxassislar marketingning asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar va ular quyidagilar:

1) rejalashtirish va mahsulotni yaratish;

2) mahsulotning navi va standartlarini belgilash;

3) mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish;

4)sotish;

5) omborga joylash;

6)transport xizmati;

7) marketing faoliyatini moliyalash;

8)xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.

Telegram https://t.me/Bfruz
7.9K views04:15
Ochish/sharhlash
2022-09-04 17:54:16
YouTube xaqida?

• Youtube juda ulkan. Sayyoramizda video ulashuvchi eng yirik platforma bo‘lib, tashriflar soniga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turadigan sayt hisoblanadi.
• Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, foydalanuvchilarning 62 foizi erkaklar, qolgan 38 foizi esa ayollardir.
• Bir necha oy oldin Google har daqiqada YouTube’ga 500 soatlik kontent yuklanishini ma’lum qilgan edi. Bu soatiga 30 000 soat va kuniga 720 000 soat deganidir. Ya’ni, bir kunda YouTube’ga joylangan hamma videolarni to‘liq ko‘rib chiqishingiz uchun sizga 82 yil kerak bo‘ladi.
• YouTube Platformasi juda tez muvaffaqiyatga erishdi va Google 2016-yilning noyabrida uni 1,65 mlrd. dollarga sotib oldi.
• YouTube uchun Google tomonidan to‘langan 1,65 mlrd. dollar arziydigan miqdor edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, YouTube o‘z egalariga yiliga 20 mlrd. dollar foyda keltiradi, uning bozor narxi esa hozirda 140 mlrd dollarni tashkil qiladi.

P.S. youtubega uxshagan yangi platforma yaratib soqqa Qilish kerak

Telegram kanalimiz
https://t.me/+eCd28vNLSegyOTU6
11.9K views14:54
Ochish/sharhlash
2022-09-04 06:31:56 ​​•Dastuchchilar darajalari xaqida !

Dasturchilar ko’p turli yoshda, rangda va hajmda bo’lishlari mumkin. Ammo ularni asosiy me’zon birlashtirib turadi – dasturchining malaka darajalari. Agar dasturchining nimalarga qodir ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz, standartga aylangan uchta asosiy darajadan qay biriga tegishli ekanligini so’rang. Ishga qabul qilish jarayonida ko’pincha dasturchining malaka darajasi bilan qiziqishadi. Dasturchining junior (kichik), middle (o’rta) yoki senior (katta) darajada bo’lishiga qarab unga topshiriladigan vazifa murakkabligi va ish haqi miqdori oshib boradi.

• Junior dasturchi
Bu daraja eng qiyin hisoblanadi. Chunki dasturchi uchun bu bosqichda xatolardan o’rganish talab etiladi. Xato qilish va qiyinchiliklar bilan uni tuzatish orqali olingan tajriba dasturchining o’rganadigan asosiy bilimi hisoblanadi. Juniorga beginnerdagi kabi kimdir bilimni ochiq o’rgatmaydi. Har bir muammo dasturchidan mantiqiy fikrlashni talab etadi. Yiqilib qayta oyoqqa turish ehtiyoji ko’pchilikni sohani tark etib ketishga undaydi. Qiyinchiliklardan o’ta olganlar, o’z xatolaridan o’rgana olganlar esa keyingi bosqich uchun poydevor hosil qilishadi.

•  Middle dasturchi
Har qanday jamoada middle dasturchi eng ko’p ish qiladigan, eng kam olqish oladigan va keyingi darajaga juda katta tezlikda intilayotgan shaxs sifatida ko’riladi. Middle dasturchini kod ishlarida qora ishchi, yoki qul deb ta’riflasak ham bo’ladi. Chunki u oson va qiyin topshiriqlarni aralash bajaradi, oxirgi tayyor mahsulotga uning mehnati eng ko’p singgan bo’ladi.

•  Senior dasturchi
Jamoada senior dasturchi eng katta tajribaga ega va o’z sohasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lgan shaxs sifatida ko’riladi. Bu bosqichda dasturchilarda «qancha ko’p o’rganganim sari shuncha kam bilishimni tushunib yetayapman», ma’nosidagi Dunning-Kurger effekti holati yuz beradi. Ular endi daturlashdagi real hayot muammolariga duch kelishadi va o’z bilimlarining ojizligini his qilishadi. Ammo shunga qaramasdan, ulardagi soha bo’yicha bilimlari avvalgiga nisbatan faqat yuqorilayotgan bo’ladi.

Telegram
https://t.me/+eCd28vNLSegyOTU6
7.4K viewsedited  03:31
Ochish/sharhlash
2022-09-03 10:37:05
•Facebook yaratilishi tarixi?

Mark Zuckerberg Facebook yaratuvchisidir.
Bu odamlar bir-birlari bilan qanday aloqa qilishlari to'g'risida nostandart qarashga ega bo'lgan yosh yigit bo'lgan.  U 2004-yilda Garvard universitetida o'qib, yotoqxonada yashagan vaqtida talabalar uchun ushbu veb-saytni yaratadi. Bir necha soat ichida u boshqa foydalanuvchilar bilan fikr almashishi va izoh qoldirishi mumkin bo'lgan bir necha yuz foydalanuvchini yig'di.
Shunday qilib  “thefacebook.com” veb-saytining yaratilishi uchun birinchi qadam qo'yildi.  O'sha paytda yosh bola odamlarga muloqot qilish imkoniyatini berdi va bugungi kunda “Facebook” ijimoiy tarmog’idan dunyo aholisining uchdan bir qismi foydalanib kelmoqda.

Mark Zuckerberg 1984-yilda  tug'ilgan. U bolaligini Nyu-Yorkda o'tkazdi. Shifokorlar oilasida katta bo'lgan, otasi Edvard Zuckerberg stomatolog bo'lib ishlagan,  Karenning onasi esa psixiatr bo'lgan. Bolalikdan eng mashhur ijtimoiy tarmoqning kelajakdagi yaratuvchisi dasturlash bilan shug'ullanishni boshladi va maktab yoshida u birinchi tarmoq o'yinini ishlab chiqdi.

“Facebook” tarmog'ining asoschisi Mark Zuckerberg bu nom haqida juda uzoq vaqt o'ylamagan.
Gap shundaki,  yigit o'qigan maktabda o'rta maktab o'quvchilariga manzillar, telefon raqamlari va boshqa o'quvchilarning fotosuratlari yozilgan ma'lumotnomalar berilgan. Yigitlar ushbu katalogni "Facebook" deb nomlashdi. Faqat bir yil o'tib, Mark Zuckerberg  qiymati 200 ming AQSh dollariga teng bo'lgan “facebook.com” domen nomini sotib olish imkoniyati paydo bo'lganida, maqola nomidan "the" ni olib tashlashga qaror qildi. Shunday qilib, 2006-yilda “Facebook” ommaviy ijtimoiy tarmoqqa aylandi. Bugungi kunda har bir kishi ro'yxatdan o'tishda elektron pochta manzilini ko'rsatib, ro'yxatdan o'tishi va o'z sahifasini yaratishi mumkin

•Har kuni Facebook ijtimoiy tarmog'ining foydalanuvchilari taxminan 250-350 million fotosuratni yuklashadi.
Har oyda foydalanuvchilar tomonidan 2,5 milliard fotosuratlar va 14 million video yuklanadi✓

Telegram https://t.me/Bfruz
7.2K viewsedited  07:37
Ochish/sharhlash
2022-09-02 18:46:49
•Kwork.ru sayti xaqida?

KWORKru bu sayt orqali buyurtmalar bajarib pul ishlashingiz mumkin bo'ladi, faqat sizni qilgan ishiz buyutmachiga foydali bo'lsa bo'ldi.
KWORK Rossiyadagi ko'p eng katta frilanser sayt qulayliklari juda kop.
• Saytda ishni boshlash uchun Kwork.ru ga kirib ro'yxatdan o'tgan o'tasiz va e-mail pochtangizni tastiqlasangiz kifoya.

• Ro'yxatdan o'tish saytga kirib Project Exchange bo'limiga o'tib o'zingiz hohlagan buyurtmaga o'z taklifingizni yuborasiz agar buyurtmachiga sizning taklifingiz maqul kelsa Sizni prodavest sifadiga tastiqlaydi va siz ishni boshlaysiz!

• Bu saytda juda kop turda pul ishlash mumkin masalani ochish 0dan
WM, SEO, Reklama, Dizayn shablon, Tekst dastur, Perevod qilish, Host yigish, Mobil ilova va hokozo hulas internetda kompyuterda nima ish qilish bo'lsa hammasidan bor!

Bu saytda shunday frilanserlar borki – ular kuniga 50$-100$ va undan xam ko'p pul ishlashadi.

Telegram kanalimiz:
https://t.me/+eCd28vNLSegyOTU6
7.1K views15:46
Ochish/sharhlash
2022-09-02 10:25:48
•3D model nima?

3dmodel Bu texnik dastur orqali har qanday uch o'lchovli materialning (jonsiz yoki jonli) texnologik tasvirini yaratish jarayoni.
Biz buni 3D model, deb ataymiz, uni 3D render deb nomlangan jarayon yordamida ikki o'lchovli tasvir sifatida ko'rib chiqish yoki jismoniy hodisalarni kompyuter simulyatsiyasida ishlatish mumkin, modelni 3D bosib chiqarish uskunalari yordamida ham jismonan yaratish mumkin.

Bu modellar qo'lda ishlab chiqarilishi mumkin va yaratilishning rivojlanishi haykallarni yasashga juda o'xshaydi (raqamli dunyoda) yoki ularni 3D skaner yordamida avtomatik tarzda ishlab chiqarish mumkin.

•3D modellashtirish uchun dasturlar:

•Rhinoceros
•Füzyon 360
•Blender
•3ds max

Obuna Bo'ling
https://t.me/Bfruz
7.9K views07:25
Ochish/sharhlash
2022-09-01 17:09:18
#IT #dasturlash

•Copywriter Kim?

"kopirayterlik"Inglizcha so'zdan kelib chiqqan bo'lib so'zma-so'z" matn yozish "degan ma'noni anglatadi.

•Ammo shuni ta'kidlash kerakki, kopirayterni tushunish ushbu kasbning har bir vakili uchun har xil.

Kopirayterlik – bu kasbiy faoliyat turlaridan biridir, bu noyob matn materialini yaratish va joylashtirish jarayoniga asoslangan. Ko'pincha, ish uchun to'lov bo'sh joysiz yozilgan belgilar soniga mos keladi.

•Qisqa qilib aytganda copywriter cho'tki matn yozuvchi degani.

Obuna Bo'ling
https://t.me/+eCd28vNLSegyOTU6
7.4K viewsedited  14:09
Ochish/sharhlash
2022-09-01 08:06:52
•Phyton Nima ?

Python - payton, piton) — bu turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili hisoblanadi.
Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi.
Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan.
Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
  Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir.
Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.

Telegram kanalimiz
https://t.me/+eCd28vNLSegyOTU6
18.3K views05:06
Ochish/sharhlash