Get Mystery Box with random crypto!

​​•Dastuchchilar darajalari xaqida ! Dasturchilar ko’p turli | BFRUZ

​​•Dastuchchilar darajalari xaqida !

Dasturchilar ko’p turli yoshda, rangda va hajmda bo’lishlari mumkin. Ammo ularni asosiy me’zon birlashtirib turadi – dasturchining malaka darajalari. Agar dasturchining nimalarga qodir ekanligini bilmoqchi bo’lsangiz, standartga aylangan uchta asosiy darajadan qay biriga tegishli ekanligini so’rang. Ishga qabul qilish jarayonida ko’pincha dasturchining malaka darajasi bilan qiziqishadi. Dasturchining junior (kichik), middle (o’rta) yoki senior (katta) darajada bo’lishiga qarab unga topshiriladigan vazifa murakkabligi va ish haqi miqdori oshib boradi.

• Junior dasturchi
Bu daraja eng qiyin hisoblanadi. Chunki dasturchi uchun bu bosqichda xatolardan o’rganish talab etiladi. Xato qilish va qiyinchiliklar bilan uni tuzatish orqali olingan tajriba dasturchining o’rganadigan asosiy bilimi hisoblanadi. Juniorga beginnerdagi kabi kimdir bilimni ochiq o’rgatmaydi. Har bir muammo dasturchidan mantiqiy fikrlashni talab etadi. Yiqilib qayta oyoqqa turish ehtiyoji ko’pchilikni sohani tark etib ketishga undaydi. Qiyinchiliklardan o’ta olganlar, o’z xatolaridan o’rgana olganlar esa keyingi bosqich uchun poydevor hosil qilishadi.

•  Middle dasturchi
Har qanday jamoada middle dasturchi eng ko’p ish qiladigan, eng kam olqish oladigan va keyingi darajaga juda katta tezlikda intilayotgan shaxs sifatida ko’riladi. Middle dasturchini kod ishlarida qora ishchi, yoki qul deb ta’riflasak ham bo’ladi. Chunki u oson va qiyin topshiriqlarni aralash bajaradi, oxirgi tayyor mahsulotga uning mehnati eng ko’p singgan bo’ladi.

•  Senior dasturchi
Jamoada senior dasturchi eng katta tajribaga ega va o’z sohasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lgan shaxs sifatida ko’riladi. Bu bosqichda dasturchilarda «qancha ko’p o’rganganim sari shuncha kam bilishimni tushunib yetayapman», ma’nosidagi Dunning-Kurger effekti holati yuz beradi. Ular endi daturlashdagi real hayot muammolariga duch kelishadi va o’z bilimlarining ojizligini his qilishadi. Ammo shunga qaramasdan, ulardagi soha bo’yicha bilimlari avvalgiga nisbatan faqat yuqorilayotgan bo’ladi.

Telegram
https://t.me/+eCd28vNLSegyOTU6