Get Mystery Box with random crypto!

BFAUZ

Telegram kanalining logotibi bfauz — BFAUZ B
Telegram kanalining logotibi bfauz — BFAUZ
Kanal manzili: @bfauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 10.42K
Kanalning ta’rifi

Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan
LEARN! CHANGE! LEAD!
Мурожаат учун: @BFA_UZBOT
www.bfa.uz

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-08-09 07:57:54
Abituriyentlar diqqatiga

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023 o‘quv yili uchun 10-avgust ikkinchi oliy ta'lim bo‘yicha hujjatlarni qabul qilishning so‘nggi sanasi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

60410500 - Bank ishi va auditi;

60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

60410100 - Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha);

60310100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha).

Hujjatlar https://ikkinchitalim.edu.uz onlayn platformasi orqali 2022-yil 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Magistratura bo‘yicha 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul 31-avgustgacha davom etadi.

Magistratura mutaxassisliklari

Master of Business Administration (MBA): МВА Banking;
МВА Finance & FinTech;
МВА General.

Master of Science (MSc):
Kapital bozori va birja ishi;
Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo‘yicha);
Davlat moliyaviy nazorati va auditi;
Iqtisodiyotni monetar tartibga solish;
Bank hisobi, auditi va nazorati;
Sug‘urta kompaniyalarini boshqarish;
Pensiya fondlarini boshqarish.

Hujjatlar qabul2022.bfa.uz platformasi orqali 2022-yil 31-avgustgacha onlayn qabul qilinadi.

Bog‘lanish uchun: +998 71 237 53 56

Elektron manzil: qabul@bfa.uz

www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram
3.5K viewsedited  04:57
Ochish/sharhlash
2022-08-08 18:02:13
O‘zbekiston va Yaponiya Moliya vazirliklari bilan hamkorlikda xalqaro seminar o‘tkazildi

Bank-moliya akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Yaponiya Moliya vazirligi bilan hamkorlikda qo‘shma seminar o‘tkazildi.

Tadbirni Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov, Bank-moliya akademiyasi rektori Elmurod Xoshimov, Yaponiya Moliya vazirligi Siyosiy tadqiqotlar instituti Siyosiy muvofiqlashtirish va global iqtisodiyotni tadqiq qilish idorasi direktori Ryo Ishida kirish so‘zi bilan ochib, seminar ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Seminarda “Jahon iqtisodiyotida makroiqtisodiy natijalarni prognozlash” hamda “ Yaponiya moliya institutlarida korporativ boshqaruv” kabi mavzular muhokama qilindi.

Ushbu seminar ertaga, 9 avgust kuni o‘zi ishini davom ettiradi. Unda “Jahon mamlakatlarida moliyaviy tizimlardagi pandemiya holatining natijalari” mavzusi muhokama qilinadi.

Batafsil...

www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram
1.9K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-08-07 21:11:20
Янгиликлар 24 | «Рақамли банк фаолиятида сунъий интеллект ва Big Data» мавзусидаги халқаро семинар
#7aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv
1.6K views18:11
Ochish/sharhlash
2022-08-05 17:08:44
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishining ilk bitiruvchilariga diplom topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining “Bank ishi va auditi” ta’lim yo‘nalishida tahsil olgan bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya rektori Elmurod Xoshimov, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” AJ Xodimlar bilan ishlash departamenti direktori o‘rinbosari Jasur Meyliyev va boshqalar so‘zga chiqib, bitiruvchilarni samimiy muborakbod etdilar va kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladilar. Bitiruvchilarning mamlakatimiz bank-moliya sohasini rivojlantirishda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shishiga ishonch bildirildi.

O‘z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalar ham so‘zga chiqib, yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari hamda jahonning nufuzli universitetlarida ta’lim olgan va amaliyot o‘tagan mamlakatimizning yuqori malakali mutaxassislari bergan amaliy bilimlar uchun Akademiya jamoasiga minnatdorchilik bildirdilar.

Tadbir yakunida bitiruvchilarga diplomlar, ularning ota-onalariga faxriy yorliqlar topshirildi.

Batafsil...

www.bfa.uz | Telegram | Facebook | Instagram
2.3K views14:08
Ochish/sharhlash