2024-03-13 20:04:18
#tarixganazar
Aytgancha IELTS ZONE ni tarixi Facebookdagi IELTS in Uzbekistan guruxiga borib taqalishini bilarmidingiz?
U guruxga 2014-yilda asos solganman va o’z davrida IELTS bo’yicha O’zbekistondagi kam sonli va eng katta ma’lumotlar manbai bo’lgan.
Keyinchalik, 2015/16 yillarda Facebook blokka tushgach, O’zbekistonda Instagram va boshqa social media platformalari keng tarqaladi va Facebook hech qachon o’z statusiga qayta olmaydi.
Lekin baribir
IELTS in Uzbekistan guruxi bilan faxrlanaman chunki aynan u hozirda yetishib chiqqan top IELTS ekspertlarining ko’pchiligi uchun “maktab” vazifasini o’tab bergan va kelajakda shu yo’nalishda ketishiga oz bo’lsa ham o’z xissasini qo’sha olgan.
Aytgancha, bugun ushbu guruxdagi a’zolar soni 32,000 ga yetgani bilan Facebook mani tabrikladi. Shunchaki nostalgiya…
15.4K viewsBekzod Mirahmedov, edited 17:04