Get Mystery Box with random crypto!

Bekpoʻlat Baxtiyor

Telegram kanalining logotibi bekpolat_baxtiyor — Bekpoʻlat Baxtiyor B
Telegram kanalining logotibi bekpolat_baxtiyor — Bekpoʻlat Baxtiyor
Kanal manzili: @bekpolat_baxtiyor
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68
Kanalning ta’rifi

Shoir, jurnalist Bekpoʻlat Baxtiyorning telegram kanali
www.bekpolat.uz
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
https://myurls.co/bekpolatbaxtiyor
___________
https://www.instagram.com/bekpolatbaxtiyor
Murojaat uchun:
@bekpolatbaxtiyor_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-12 14:39:41
#ijod

XONADONING TINCH BOʻLSIN!

Xayollarda necha oʻy,
Qadamlarda koʻcha-koʻy,
Aslida, har kuni toʻy,
Xonadoning tinch boʻlsin!

Ishingda unum boʻlar,
Sokinli tinim boʻlar,
Uyingda qoʻnim boʻlar,
Xonadoning tinch boʻlsin!

Boʻlka non yoki patir,
Yegan oshing ham tatir,
Dilda boʻlmas xavotir,
Xonadoning tinch boʻlsin!

Farzandlar urish koʻrmas,
Haqorat, soʻkish eshitmas,
Shundan barokat ketmas,
Xonadoning tinch boʻlsin!

Qadding yerga bukilmas,
Qadring tutdek toʻkilmas,
Gʻanim ham zimdan kulmas,
Xonadoning tinch boʻlsin!

Tunlaring sokin oʻtar,
Tonglaring erta otar,
Shirin xayol uygʻotar,
Xonadoning tinch boʻlsin!

Bekpoʻlat BAXTIYOR
12-iyun 2022-yil

https://t.me/bekpolat_baxtiyor/
91 views11:39
Ochish/sharhlash